Fuqarolarga maslahat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2003 yil 26 fevraldagi
PF-3214-son Farmoniga
2-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari tomonidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar
RO‘YXATI
- Bolalikdan nogironlar.
- Chin yetimlar.
- I va II guruh nogironlari.
- 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.
- Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar.
- 1941—1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari.
- Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar.
- Baynalmilalchi jangchilar.
- Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar.