Futbol turniri yakunlandi

Davlat rahbarining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-4063 sonli qarori,  2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni hamda shu asosdagi boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.




Xususan, joriy yilning mart oyi boshidan buyon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimiga kiruvchi muassasalar va xususiy tibbiyot korxonalaridan tarkib topgan yigirmadan ortiq futbol jamoasi o‘rtasida boshqarma kubogi uchun futbol musobaqalari qizg‘in davom ettmoqda.

Bugun Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi kubogiga bag‘ishlangan turnir nihoyasiga yetdi. Qizg‘in kechgan bahslarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali jamoasi yetakchilik qildi va musobaqaning mutloq g‘olibiga aylandi. 2-o‘rinni xususiy tibbiyot muassasalari xodimlaridan tarkib topgan “Spartak” terma jamoasi hamda 3-o‘rinni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jamoasi qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan turnir kubogi, medallar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Buxoro viloyat SSB Axborot xizmati

 

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.