BUXORO VILOYATI SOG‘LIQNI SAQLASH BOSHQARMASIGA YАNGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Hojiev Sunnatillo Nurboevich Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy va umumiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga tayinlandi.

Hojiev Sunnatillo 2010 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Moliya vazirligining Buxoro viloyatidagi Nazorat-taftish boshqarmasining hisobchi-taftishchisi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bosh hisobchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U shu kunga qadar Romitan tuman hokimligi moliya bo‘limining mudir o‘rinbosari  vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Boshqarmaning avvalgi boshqarma o‘rinbosari Boboqulov Akmal boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan.

Buxoro SSB axborot xizmati

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.