Qorako‘lda sayyor qabul

Ma’lumki, shu kunlarda viloyat, tumanlar hokimlari, shuningdek qator idoralar rahbarlari hududlarda aholining muammolarini o‘rganish va ularning og‘irini yengil qilish maqsadida fuqarolar bilan qabullar o‘tkazmoqda. Prezident tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar va qo‘yilgan qat’iy talablardan kelib chiqib, xalq vakillari bilan bu uchrashuvlar keng miqyosda olib borilmoqda.

Ahamiyatli jihati shundaki, bu muloqotlar natijasida ko‘plab vatandoshlarimizning muammolari joyida hal etilib, ular uchun qimmatli bo‘lgan muhim tavsiyalar berilmoqda.
Bugun, 18 mart kuni Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘afur Saidov Qorako‘l tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Shu kuni qabulga kelgan qorako‘lliklar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bilan murojaat qildi. Qabulga 15 nafar fuqaro keldi. Qabul jarayonida har bir murojaat bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ularni ijro etuvchi tibbiyot muassasalari belgilandi. Imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘­yicha choralar ko‘rildi.
-Yoshim o‘ttiz beshda. Uzoq yillardan buyon og‘ir darddan aziyat chekib kelaman. Iqtisodiy jihatdan qiynalib qolganman. Sayyor qabulda nogironlikka chiqarish va davolanishda amaliy yordam ko‘rsatishlarini so‘rab murojaat qildim. Ertagayoq viloyat Onkologiya markazida meni kerakli tekshiruvlardan o‘tkazadigan bo‘lishdi, – deydi fuqaro Dinara Gadoyeva.

Buxoro SSB axborot xizmati

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.