«Tib ilmining siri, unga bo‘lgan muhabbatni talab etadi»

Inson hamisha o‘qib izlanishdan tolmasligi, egallagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishi uchun o‘z ustida izlanishi, malakasini orttirib borishi lozim. Ana shunday shiorni o‘ziga maqsad bilgan Respublika Shoshilinch tibbiy yordam Ilmiy markazi Buxoro filialining tez yordam bo‘limlari ixtisoslashgan reanimatsion brigadalari xodim va xodimalari o‘rtasida mahorat darslari tashkil etildi.


Mahorat darsida RSHTYOIM Buxoro filiali tez yordam bo‘limlari reanimatolog shifokorlari, ixtisoslashgan reanimatsion brigadalar feldsherlari ishtirok etishdi. Mahorat darslarini tez tibbiy yordam bo‘yicha direktor muovini Oybek Ruziyev ochib berdi.
Mahorat darslarini o‘tkazishning asosiy maqsadi tez yordam bo‘limlari reanimatsion brigadalarida faoliyat olib borayotgan vrach va feldsherlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, tibbiy apparatlar bilan ishlash uslublari, tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘lami va sifatini yaxshilash, o‘zaro tajriba almashuv ishlarini rivojlantirishdir.

Og‘ir bemorlarga samarali tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida olib borilgan mahorat darslari, yig‘ilganlarda ijobiy ta’surot qoldirdi. Viloyat ixtisoslashgan reanimatsion brigadalari koordinator vrachi Zaringisu Boltayeva tomonidan tashkil qilingan trening har tomonlama samarali bo‘ldi.
Ishtirokchilar gospitalizatsiyagacha bo‘lgan bosqichda yurak–o‘pka reanimatsiyasi, laringoskopiya va traxeya intubatsiyasi o‘tkazish texnikasi hamda plevral punksiya o‘tkazish amaliyotini mukammal o‘zlashtirdilar. Jarayon mulyaj va manikenlar hamda reanimobildagi tibbiy apparaturalar bilan olib borildi. Ushbu malakaviy trening shifokorlarimiz tajribasi va hushyorligini yana bir karra o‘zida mujassam etdi desak aslo mubolag‘a emas.

Buxoro SSB Axborot xizmati 

 

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.