O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110 sonli farmoni ijrosini o‘rganish bo‘yicha SSV ishchi komissiyasi – viloyatimizda

Bugun Ishchi guruh a’zosi – Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Aziz Nizomov Buxoro shahar tibbiyot birlashmasida bo‘ldi. Unga Aholi sog‘lom turmush tarzini qo‘llab quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Buxoro viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i Salim Rahimov hamrohlik qildi.


Buxoro shahar TB majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda A. Nizomov kun davomida viloyat markazining oilaviy poliklinikalari ishi bilan tanishganini, aksariyat joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatlari yaxshi tashkil etilganini qayd etdi. Shu bilan birga yangi mexanizmlar joriy etilishidagi (masalan, mahalla, Yoshlar ittifoqi bo‘limlari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan ishlashdagi) kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tib, tegishli maslahat va tavsiyalarini berdi.

Ishchi komissiya a’zolari viloyatning boshqa hududlarida ham ushbu sohadagi qilingan ishlarni o‘rganishda davom etmoqda.

Viloyat SSB Axborot xizmati.

 

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.