Olotda navbatdagi sayyor qabul


Bugun, 24 fevral kuni Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘afur Saidov fuqarolarning muammo va takliflarini tinglash, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Olot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.


Sayyor qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bilan murojaat qildi. Qabul jarayonida har bir murojaat bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ularni ijro etuvchi tibbiyot muassasalari belgilandi. Imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘­yicha choralar ko‘rildi.
<
Qabulga 50 nafar fuqaro murojaat bilan keldi. 8 nafar fuqaroga Respublika ixtisoslashtirilgan klinikalarda davolanish uchun order va yo‘llanmalar berish rejalashtirildi. 15 nafar fuqaroga viloyat davolash profilaktika muassasalarida davolanish uchun order va yo‘llanmalar berildi. Murojaat bilan kelganlarning 18 nafari tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida salomatliklarini tiklaydigan bo‘lishdi. Qolgan fuqarolarning muammolari shu joyning o‘zida hal qilindi hamda kerakli tavsiyalar berildi. Bir nafar nogironlik aravachasiga muhtoj bemorning shu kuni ehtiyoji qondirildi.-38 yoshdaman, – deydi fuqaro Oydina Ro‘ziyeva, – menda chap son suyagi distal qismi xavfli o‘smasi tashxisi bilan chap oyoq amputatsiyasi amaliyoti o‘tkazilgan. Nosoz qo‘ltiqtayoqda yurishga qiynalib qoldim. Murojaatimdan keyin shu yerning o‘zida menga yangi qo‘ltiqtayoq berishdi. Tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazisharkan. Noqulay ob-havo tufayli uyimgacha olib borib qo‘yishi uchun transport ham ajratadigan bo‘lishdi.



-O‘g‘lim Temurbek o‘n olti yoshda. Ilgari suyak saratonidan aziyat chekib kelardi. Jarrohlik amaliyotidan keyin o‘g‘lim darddan xalos bo‘ldi. Bugun bolam oyog‘ida endoprotezga muhtoj. Unga chap son suyagi o‘rta uchligi osteosarkomasi tashxisi qo‘yilgan. Oilamiz mahalladagi “Temir daftar”da ro‘yxatda turamiz. Agar imkoni bo‘lsa, yordam beringlar, deb kelgandim. Dardimni eshitishdi. Yaqinda poytaxtdan tajribali mutaxassislar kelisharkan. Sizga yordam beramiz deyishdi, – dedi biz bilan suhbatda “Bo‘ribek Chandir” MFYdan kelgan fuqaro Muqaddas Abdullayeva.

Buxoro viloyat SSB Axborot xizmati

 

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.