BUXORO VILOYAT SOG‘LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING ROMITAN TUMANIGA TASHRIFI


Bugun, Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘.N.Saidov bir qator masalalar bilan yaqindan tanishish maqsadida Romitan tumanida bo‘ldi. Ushbu tashrif davomida boshqarma boshlig‘iga tumanning 4 ta sektor raxbarlari va birlashma boshlig‘i hamrohlik qildi.



G‘ofur Saidov tumanda ochilishi rejalashtirilayotgan «Qo‘shma jarohatlar va qon tomir jarrohligi bo‘limi» hamda gemodializ uskunasi joylashtiriladigan binolarni ko‘zdan kechirdi. Binolarni yangidan qurish, xonalarni taqsimlash bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berdi.


Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6110 sonli farmoni hamda Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 27 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatini tubdan yaxshilash tugrisida”gi 309 sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash va amalga oshirilgan ishlar miqyosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Xosa MFY hududidagi 39-oilaviy poliklinikada bo‘ldi.
Boshqarma boshlig‘i xatlov va antropometriya jarayonlarini o‘tkazilish davrida yuzaga kelayotgan muammolar, qiyinchiliklar to‘g‘risida so‘rab, ularni bartaraf etish, antropometriya jarayonini sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalarni berdi.


Romitan tuman tibbiyot birlashmasi axborot xizmati

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.