«Аholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarur» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoev aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash hamda bir oy muddatda birinchi navbatda emlanishi zarur boʼlgan aholi toifasini belgilab, ularning elektron roʼyxatini shakllantirish boʼyicha topshiriq berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Davlat dasturi boʼyicha yigʼilishda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini taʼkidladi.

U sogʼliqni saqlash vaziri Аbduhakim Xadjibaev va uning oʼrinbosari Bahodir Yusupalievga bir oy muddatda birinchi navbatda emlanishi zarur boʼlgan aholi toifasini belgilab, ularning elektron roʼyxatini shakllantirishni topshirdi.

Shuningdek, Аbduhakim Xadjibaev va Bahodir Yusupalievga viloyat hokimlari bilan birga, oilaviy poliklinika va qishloq shifokorlik punktlaridagi 3 mingdan ziyod emlash boʼlimlari shayligini taʼminlashdan tashqari, yana qoʼshimcha 800 ta mobil brigada tashkil etish boʼyicha topshiriq berdi.

«Joriy yilda Toʼychiev, Xadjibaev va uning oʼrinbosarlari faoliyatiga Sirdaryo viloyatining 26 ta tuman (shahar)larida oilaviy shifokorlik, „elektron poliklinika“ tizimlarini joriy etish natijasiga qarab baho beriladi», — dedi prezident.

gazeta.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.