SSV hududiy boshqarmalari faoliyatidan:

Buxoro viloyati.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘afur Saidov boshchiligida boshqarma mas’ul xodimlari Kogon tumanidagi 23-oilaviy poliklinikasida bo‘lishdi. Ular tibbiyot xodimlari bilan birgalikda aholi xonadonlariga borib, ular bilan suhbatlashdilar. Davlatimiz rahbarining viloyatimizga qilgan tashrifi, undan ko‘zlangan maqsad, tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu bilan birga, so‘nggi paytlarda sohaga doir chiqarilgan qaror va Farmonlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori G‘ayrat Qoriyev boshchiligidagi yetuk mutaxassislar Buxoro viloyati shifoxonalarida joylashgan neyroxirurgiya bo‘limlarida bo‘lib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ular muassasalarda bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi, hamkasblari uchun mahorat darslari tashkillashtirishdi. Bundan tashqari. tajribali mutaxassis markazning hududdagi filiali neyrojarrohlari assistentligida neyroonkologiyaning dolzarb yo‘nalishida murakkab jarrohlik operatsiyasini o‘tkazdi.
————————————
Yaqinda Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Marat Sadikov buxoro viloyatiga bordi. Tashrifdan maqsad Prezidentimiz tomonidan berilgan vazifalar ijrosini o‘rganish, soha xodimlariga amaliy va nazariy jihatdan yordam ko‘rsatish, bu yo‘nalishda yuzaga kelgan mavjud muammo va kamchiliklarga birgalikda yechim izlashdan iboratdir.

?Namangan viloyati.
Viloyat markazidan qariyb 80 km olis masofada joylashgan Gulbog‘dagi 10-son oilaviy poliklinikasi erta tongdan odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Chunki bu yerga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining tashabbusi bilan namunali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun viloyatdagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlarining malakali mutaxassislari tashrif buyurishdi.

Alamilik bir necha xonadon egalari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining yo‘qlovidan g‘oyat mamnun bo‘lishdi. Ko‘cha boshida ohista qadam tashlab kelayotgan onaxon Abdulxodi Iminovning diqqatini tortdi. Boshqarma boshlig‘i onaxondagi horg‘inlikdan undagi kasalliklar alomatini uzoqdan bo‘lsada ilg‘adi.

?Farg‘ona viloyati.
Rishton tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, o‘zbek jang san’ati federatsiyasi tuman vakillari bilan hamkorlikda “Salomatlik kuni” tadbiri namunaviy ssenariy asosida tashkil etildi.

?Toshkent viloyati.
«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» ning dastlabki oyida Pskent tumanida navbatdagi yangi oilaviy shifoxona foydalanishga topshirildi. Poliklinika «Xoliqberdi» mahallasida joylashgan bo‘lib, Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha 2 mlrd 400 mln so‘m mablag‘ evaziga bunyod etildi.

?Sirdaryo viloyati.
Viloyatda aholining jismoniy faollik darajasi, zararli odatlari o‘rganilib, salomatlik profili yaratilmoqda. Buning natijasida aholi to‘rt guruhga ajratilib, salomatlik ko‘rsatkichlari aniqlanmoqda.

@ssvuz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.