Buxoro tumanidagi ishlar o‘rganildi


5 yanvar’ kuni Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘.N.Saidov Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga keldi. Unga boshqarmaning bosh akusher-ginekologi Nodir Jo‘raev hamda RIO va RIATM Buxoro filiali direktori Sherali Do‘stovlar hamrohlik qilishdi.

Boshqarma boshlig‘i tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-sonli Farmoni va boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Hamroev mehmonlarni bu yerdagi yangiliklar bilan tanishtirdi. G‘.N.Saidov shifokorlar bilan suhbatlasharkan, ularga sohaga aloqador hujjatlarda belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati haqida gapirdi. Tibbiyot xodimlari endilikda xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishlari lozimligi bugungi kunning talabi ekanligini alohida e’tirof etdi.

Mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga topshiriq hamda takliflar berildi.

Buxoro viloyat SSB axborot xizmati

 

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.