Yangiliklar

Zararli odatlar va sog’lom turmush tarzi

Zararli odatlar deganda biz  alkogolli ichimliklarni me’yoridan oshirib, muttasil iste’mol qilish, tamaki va nosvoy chekish, giyohvandlik kabilarni tushunishga o’rganib qolganmiz. Aslida,  zararli odatlar tushunchasi birmuncha keng bo’lib, o’z doirasiga ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, organizm ehtiyojiga qaraganda ko’proq ovqat eyishga o’rganib qolish, dangasalik va ishyoqmaslik, badjahllik, axloqsizlik, ust-bosh, hovli va uy xonalari iflosligi bilan ko’nikib yashash, o’z hayotini jamiyatda qabul qilingan me’yor va o’lchamlar asosida tashkil qila bilmasdan, pala-partish o’tkazish va hech bir maqsadsiz yashash, madaniyatsizligi va johilligi tufayli vegetativ turmush tarzida yashash bilan chegaralanib qolish kabi odatlarni ham oladi.

Kashandalikka barham berish – sog’lom turmush tarzining muhim sharti

Eng ko’p tarqalgan zararli odat tamaki chekish va nos otish hisoblanadi.

Tamaki tutuni tarkibida 3800 turdagi zaharli kimyoviy moddalar bor. Jumladan, nikotin, qatron, stianid kislota, ammiak, is gazi, benzol, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, ko’rg’oshin, margumush kabilar. Bularning zaharli ta’siri borasida to’xtalsak:

– nikotin arterial qon tomirlarini toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi;

– is gazi (uglerod oksidi) qondagi kislorod bilan birikib, miya, yurak, ichki sekrestiya bezlari va boshqa a’zolarning kislorod bilan ta’minlashini izdan chiqaradi, ularning funkstiyasini buzilishiga olib keladi;

– tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 turdagi konsterogen moddalar bor;

– sigareta filtrining sariq-qo’ng’ir rangga bo’yalishiga sabab, tamaki tutunidagi konsterogen modda hisoblangan qatronning smola moddasidir. Kuniga bir quti sigareta chekadigan kashanda bir yilda bir kilogramm qatron yutgan bo’ladi. Qatron rak kasalligining asosiy sababchisidir;

– rak kasalligi bilan ro’yxatga olingan bemorlarning 30 foizi, o’pka raki bilan hastalanganlarning esa 80 foizi kashandalardir;

 -tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar kashandaning miya, yurak, o’pka, jigar, me’da kabi hayotiy muhim a’zolarini zaharlab, turli xil surunkali kasalliklarni yuzaga keltiradi. Uni vaqtidan ilgari nogironlikka duchor qilib, umriga zavol bo’ladi.

Jumladan, kashandalar orasida miokard infarkti kabi og’ir kasallik tufayli hayotdan ko’z yumganlar tamaki chekmaydiganlarga nisbatan 5 marta ko’p;

tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy erkak urug’donida, ayol tuxumdonida ishlab chiqariladigan jinsiy hujayralarning irsiy tuzilmalarini zararlab, bo’lajak avlod genofonini kasallantiradi. Miya to’qimasi hujayralarining xromosoma va genlari zararlanishi oqibatida tug’ilgan bolalarning aqliy qobiliyati zaif, fe’l-atvorida asabiylashish, xomushlik, xayoli parishonlik kabi belgilar namoyon bo’ladi.

Tamaki chekishni tashlashga ahd qilgan odam bu rejani 1-1,5 oydan oshmagan muddatda bajarishi kerak. Kashandalikdan voz kechgan odamda paydo bo’ladigan noxush sezgilarni engishda yordam beradigan vositalar (usullar)dan quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

– xumor tutganda bu tuyg’uni engish uchun ko’proq ochiq havoda piyoda yurib, sayr qilish, gimnastika mashg’ulotlari bilan shug’ullanish.

Asosiy natija odamning irodasi, sog’lom bo’lish istagi, o’zining va oila a’zolarining sog’lom bo’lishiga g’amxo’rligi, atrofdagilarga, yoshlarga yaxshi o’rnak ko’rsatish uchun ma’naviy yuksaklik darajasini namoyon qila olishi.

Sog’lom turmush tarzining ma’no-mazmunini to’g’ri anglagan odam chekish va boshqa zararli odatlardan voz kechadi.

Nosni birinchi marta qabul qilganda uning tarkibidagi tamaki, oxak, kul kabi zaharli moddalar ta’siriga nisbatan odam organizmining himoya reakstiyasi paydo bo’ladi. Ko’ngli ayniydi, qusadi, boshi aylanadi, yurak urishi tezlashadi, sovuq ter bosadi, mast odamdek gandiraklaydi. Bunday yoqimsiz holatning yuzaga kelishi tufayli nosni birinchi marta qabul qilgan ko’pchilik o’smirlar bu zararli odatdan voz kechib, uni ikkinchi marta takrorlamaydilar va o’rganmaydilar.

Afsuski, ayrim o’smirlar, nos qabul qilishni o’rgatuvchi «ustozlari»ning noto’g’ri maslahati bilan o’zlari qiynalsalar ham nos chekishni davom ettiradilar. Natijada asta-sekin nosning zararli ta’siriga nisbatan organizmning himoya reakstiyasi sustlashadi, ya’ni ko’ngil aynish, qusish, bosh aylanish kabi noxush belgilar paydo bo’lmaydi. Aksincha, organizm 4-5 kun davomida nos ta’siriga o’rganib, unga nisbatan ruhiy qaram – mute’ bo’lib qoladi. Nosga o’rganib qolgan odam nos chekkan paytda quyidagi belgilarini his etadi: kayfiyati ko’tariladi, chehrasi ochiladi, ko’p gapiradi, atrofdagilarga shilqimlik qiladi, yuzlari qizaradi, kayf holati 30 minut davom etadi.

Nos qabul qilishni yangi o’rgangan odam uni til ostida bir-ikki minut saqlay oladi, so’ngra tuflaydi. Asta-sekin odamda nos ta’siriga moslashuvi osha boradi va uni til ostida 10-20 minut davomida saqlay oladi. Boshlanishida kashanda nosni kuniga bir-ikki marta chekadi, asta-sekin uni chekish 10-20 martagacha tezlashadi. Avvaliga bir marta chekiladigan nos miqdori yarim-bir gramm bo’lgan bo’lsa, asta-sekin 3-5grammgacha ko’paytiriladi.

Nosni muntazam qabul qilish natijasida odam organizmi unga o’rganib ruhiy va jismoniy mute’ bo’lib koladi. Nos qabul qilmagan paytda avvaliga unda ruhiy mute’lik belgilari paydo bo’ladi. Kayfiyati yomonlashadi, jahli chiqadi, ishlagisi kelmaydi, o’zlashtirish, fikrlash kabi aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. U qanday bo’lsa ham nos topib uni qabul qilishga intiladi.

Kashandalik avj olishi natijasida odamda nosga nisbatan ruhiy mute’likdan tashqari jismoniy mute’lik yuzaga keladi. Bunday odam o’z vaqtida nos qabul qilmasa boshi og’riydi, boshi aylanadi, yuragi o’ynaydi, bo’shashadi, sovuq ter bosadi, ishtahasi yo’qoladi, ruhiyati buziladi, jahli chiqadi, atrofdagilarga qo’pol muomala qiladi, uyqusizlik paydo bo’ladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati pasayadi, u barcha imkoniyatlarini nos topish   va uni qabul qilishga safarbar etishga intiladi.

Nos chekuvchida abstinenstiya holati 10-15 kun davom etadi. Shu davrda kashanda abstinenstiya holatiga bardosh berib, o’zida kechayotgan ruhiy va jismoniy o’zgarishlarga bardosh bera olmasa, ya’ni u nos cheksa, u bundan keyin ham kashandaligini davom ettiraveradi. Bundan tashqari u muntazam ravishda har safar chekadigan nos miqdorini ko’paytirib boradi, qabul qilish vaqtini qisqartirib, kuniga 15-20 marta va undan ko’proq chekadi. Buning natijasida kashandaning organizmi nos tarkibidagi kimyoviy moddalardan zaharlanishi   chuqurlashib   boradi.

Ko’p yillar davomida nos chekish tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi.

Ta’kidlash joizki, nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avval bosh miyaning asab hujayralari zararlanadi. Natijada kashandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez o’z-o’zidan, ayniqsa, nos qabul qilish muddati kechikkan paytlarda yomonlashadi, sal narsaga jahli chiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablashadi. Fikrlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlashadi, o’qigan, ko’rgan, eshitgan narsalarini yodida saqlay olmaydi. O’zlashtirish qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar o’tishi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy hastalik belgilari ham qo’shiladi. Kashandaning yuragi, o’pkalari, jigari, buyraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi o’ynaydi, arterial qon bosimi ko’tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko’karadi. Shuningdek, jigar sohasida (ung qovurg’a ostida) og’riq paydo bo’ladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda ko’zlarining osti shishgan bo’ladi. Kechkurun esa oyoqlari shishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, og’iz – til, qizilo’ngach, me’da kabi a’zolarning rak kasalligi nos otuvchilarda, boshqalarga nisbatan bir necha marta ko’p uchraydi. Shunday qilib, ko’p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo’qotadi, vaqtidan   ilgari keksayadi va nogironga aylanadi.

Ikkilamchi tutunning odam organizmi uchun zararli oqibatlari

Chekish dunyo bo’yicha aholi salomatligiga, oila byudjetiga katta zarar etkazadi. Tamaki bu bevaqt o’limga olib keladigan asosiy sababdir. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, kelgusida tamakini chekish 500 mln.ga yaqin odamlarning bevaqt o’limiga olib kelish xavfi bor. 2030 yilga kelib 1 yilda 10 mln. ga yaqin odam hayotdan ko’z yumishi mumkin. Dunyoda JSST boshchiligida tamaki chekish epidemiyasiga qarshi kurash olib borilmoqda. 1999 yil 24 may kuni Butun Jahon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi bir ovozdan tamaki chekadiganlarni nazorat qilish qonvenstiyasini ishlab chiqish bo’yicha rezolyustiya qabul qildi.

Tamaki chekish chekmaydiganlarni va shu bilan birgalikda chekadiganlarni ham bevaqt o’limga olib keladigan zararli odat. Ikkilamchi tutun rak – xavfli o’sma (saraton) kasalliklariga va shu bilan bir qatorda yurak, o’pka kasalliklariga sabab bo’ladi. Ikkilamchi tutun bolalarda respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi va natijada yangi tug’ilgan chaqaloqlarda o’rta quloqning surunkali kasalligiga yoki to’satdan o’lim oqibatlariga olib keladi. Ikkilamchi tutun bolalar va kattalar uchun bir xil darajada zararli. JSSTning ma’lumotiga ko’ra dunyodagi bolalarning yarmi ya’ni, 700 mln. bolalar tamakining ikkilamchi tutuni natijasida zaharlanib aziyat chekmoqdalar.

Ikkilamchi tutun nima?

Ikkilamchi tutun – yonayotgan sigaretdan va chekuvchi nafas chiqarishi natijasida chiqayotgan tutundir. Ikkilamchi tutunning atrofga tarqalishi natijasida atrofdagi chekmaydigan odamlarni ikkilamchi chekuvchilar yoki passiv chekuvchilarga aylantiradi, ya’ni ular istalmagan holda tutunni (burun orqali nafas oladi) tortadi.

Ikkilamchi tutunda 4000 dan ortiq zaharli kimyoviy gaz moddalari, shuningdek, kansterogen, mutagenlar ham bor. Kimyoviy moddalardan nikotin, xrom va is gazlari reproduktiv salomatlikka zaharli ta’sir etadi.

Ikkilamchi tutun odam sog’ligiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Muntazam tamaki chekuvchilar chekish natijasida qanday kasalliklar bilan aziyat cheksalar ikkilamchi chekuvchilar ham xuddi shunday kasalliklar bilan aziyat chekadilar. Yurak-qon tomir kasalliklari va o’pkani saraton kasalliklari sababi ikkilamchi tutun natijasidir. Ikkilamchi tutun bolalar sog’ligiga zararli ta’sir qilib, bronxit, pnevmoniya, bronxial astmaning kuchayishiga o’rta quloqning yuqumli yallig’lanishiga va buning natijasiga ko’pchilik hollarda bolalarda karlik asoratiga olib keladi. Ikkilamchi tutun ayollarda homiladorlik davrida homilaning rivojlanish va o’sishini to’xtatadi. Tug’ruqdan so’ng esa chaqaloqlarda to’satdan o’lim xavfi ortadi. Tamaki tutuni ko’z va burunning shilliq qavatlariga zararli ta’sir ko’rsatadi. Bosh og’rig’i, bosh aylanishi, tomoqning yallig’lanishi, yo’tal va nafas olishda bir qancha asoratli muammolarni keltirib chiqaradi.

Ikkilamchi tutun va bolalar.

Bolalarning o’pkasi kattalarga nisbatan kichik va immun tizimi to’liq rivojlanmaganligi sababli, ularda ikkilamchi tutunning ta’siri natijasida nafas yo’llarining yuqumli kasalliklari tezroq rivojlanadi. Chunki bolalarning nafas olish chastotasi katta yoshdagilarga nisbatan ko’proq bo’lganligi sababli ular bir vaqtning o’zida organizmda ko’proq ikkilamchi tutunning zaharli moddalarni qabul qiladilar. Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti tomonidan ikkilamchi tutunning organizmga zarari to’g’risida bir necha keng miqyosda tekshirishlar o’tkazildi va quyidagi xulosalarga kelishildi. Tamaki tutunining organizmga muntazam ta’siri natijasida bronxit, pnevmoniya va boshqa o’tkir respirator
kasalliklar ko’payadi. Tamaki tutuni o’rta quloqning o’tkir va surunkali yuqumli kasalliklarini keltirib chiqaradi. AQShda 1996 yilning o’zida quloqning yuqumli kasalliklari bilan kasallangan odamlarning 13 foizi tamaki tutuni ta’siri natijasida bo’lganligi tasdiqlangan. Tamaki tutuni astma bilan xastalangan bolalarda astma xurujlarini keltirib chiqaradi, ba’zi tekshirishlar esa shuni ko’rsatadiki, tamaki tutuni sog’lom bolalarda bronxial astmani keltirib chiqaradilar.1992 yil Amerikadagi atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi har bir ikkilamchi tutun 8000 tadan 26000 tagacha bo’lgan yangidan astma kasalligining bolalarda uchraganligini aniqlagan.

Ikkilamchi tutun ta’siri chaqaloqlarda to’satdan o’lim hodisalari havfini kuchaytirar ekan (ya’ni beshikdagi to’satdan o’lim), bu holat homilaga ham havf-xatar etkazishi mumkin. 1999 yil Sog’liqni Saqlash Tashkilotining xalkaro ekspertlari tomonidan tamaki chekuvchi onalarni chaqaloqlarda to’satdan o’lim xodisalari 1/3 qismida uchraganligi aniqlangan. Chekuvchi homilador ayollar va chekmaydigan ayollar tamaki tutuni ta’siri natijasida yangi tug’iladigan chaqaloqlarni kam vaznli bo’lib tug’ilishi, hamda ularda aqliy zaiflikniig rivojlanish asoratlarini ko’paytirishi mumkin. Ikkilamchi tutunning zaharli kimyoviy va kansterogen moddalari ofislarda, mehmonxona, restoran va boshqa yopiq ish joylarda tezlik bilan tarqalishi kuzatiladi. Zaharli moddalar va mutagenlar qon bosimining ko’tarilishiga, havfli o’smalarning rivojlanishiga, markaziy asab tizimiga ta’sir etishi, o’pkaning jarohatlanishiga, hamda buyrak funkstiyasining buzilishiga olib keladi. Bu holatlar qaerda bo’lishidan qat’iy nazar ikkilamchi tutun bolalar, yoshlar va qariyalarga, ya’ni dunyoning barcha aholi qatlamlariga katta xavf etkazishi ilmiy jihatdan tasdiqlangan.

Ikkilamchi tutundan qanday saqlanish mumkin?

Buning uchun jamoat joylarida chekishni man qilish to’g’risida, ikkilamchi tutun, uning xavfi va asoratlari haqida targ’ibot qilish, ota-onalar uyda, avtotransportlarda, ayniqsa, bolalar bor joylarda chekishga yo’l qo’ymasliklari darkor. Shu bilan bir qatorda bolalar bog’chalarida, maktablarda va boshqa bolalar muassasalarida tamaki tutunidan ozod bo’lishiga erishish kerak. Ҳar bir inson oila azolariga o’z do’stlariga va ishchilariga ular chekayotgan bo’lsa, etiroz bildirishi va chekishga yo’l qo’ymasliklari kerak. Buning uchun albatta tamakining zararli oqibatlari haqida aholining barcha qatlamlari o’rtasida tibbiy bilimlarni oshirish, oldindan buni rejalashtirish lozim. Va bu bilan atrof-muhitni tamaki tutunidan ozod bo’lishiga, sog’lom avlod tug’ilishiga erishish va sog’ligini saqlashda katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.

 

 

Akmal Boboqulov

Buxoro viloyat narkologiya

dispanseri bosh  vrachi       

Показать больше

Related Articles

Close
Close