Yangiliklar

(O`zbek) Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi

Joriy yil 30 may kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sesciyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari, viloyat tashkilotlari va idoralari rahbarlari, shahar va tuman hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarlari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudirlari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachlari, obodonlashtirish boshqarmalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, respublika Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat hokimi M. Esanov olib bordi.

Dastlab «2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi»da belgilangan tadbirlarning viloyatdagi ijrosi to’g’risida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari F.Ataev deputatlar oldida hisobot berdi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli «O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi hamda xalq deputatlari Buxoro -viloyat Kengashining 2015 yil 26 dekabrdagi 53G’9-V sonli «Buxoro viloyatining 2015 yil byudjeti kutilayotgan ijrosi hamda 2016 yilga mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to’g’risida»gi qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan G’ijduvon tumanida mahalliy byudjet daromadlarini keskin ko’paytirish orqali subventsiya ulushini kamaytirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to’g’risida xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi S. Jo’raevaning axboroti tinglandi.

Ta’kidlanishicha, tumanda o’tgan davr mobaynida byudjet daromadlari bazasini kengaytirish, shuningdek subventsiya ulushini qisqartirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Joriy yil I choragida tuman mahalliy byudjeti xarajatlari 29,8 milliard so’mni tashkil etib, shundan 15,6 milliard so’mi soliq va boshqa majburiy to’lovlar tushumi ajratmalari hisobidan, 10,3 milliard so’mi byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar asosida qoplanib, qolgan 3,9 milliard so’mi yuqori byudjetdan subventsiya hisobidan qoplangan.

Tumanda mahalliy byudjet daromadlarini ko’paytirish maqsadida mavjud imkoniyatlardan etarli foydalanilmayapti.

Ishchi guruhi tomonidan o’tkazilgan o’rganishlarda aksariyat hollarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sub’ektlar davlat ro’yxatidan o’tmaganligi, shu bilan birga ro’yxatdan o’tgan ayrim sub’ektlarning guvohnomada ko’rsatilgan faoliyati bilan haqiqatda ko’rsatilayotgan faoliyat turi mutlaqo to’g’ri kelmasligi kuzatildi.

Sessiyada tumanni subventsiyadan chiqarish uchun norasmiy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, korxonalar faoliyatini kengaytirish hamda yangi yirik korxonalarni ishga tushirish, bu borada elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarni inobatga olib, maxsus kichik sanoat zonasini tashkil etish, qishloq xo’jalik oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishda yangi sifat bosqichiga erishish hamda ularni qayta ishlashni keng yo’lga qo’yish singari takliflar ilgari surildi.

Kun tartibidan o’rin olgan keyingi masala—»Viloyatdagi axborot-resurs markazlari faoliyati va ularning yangi adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati to’g’risida» xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashidagi «Adolat» sotsial demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari A. Tursunov axborot berdi.

Bugungi kunda viloyatda xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufida 68 ta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida 88 ta, oliy o’quv yurtlarida 4ta ARM va ularning 53 filiallari, jami 209 ta ARM faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bundan tashqari 513 ta maktab kutubxonalari mavjud bo’lib, ular ARMga aylantirilmagan.

Shuningdek, viloyatda mavjud 1 ta axborot-kutubxona markaziga axborotlashtirish va kutubxonachilik ishi sohasidagi axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashkiliy metodik jihatdan ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Ularda 4 million 296 ming 380 nusxa kitob fondi mavjud. ARMlar bugungi kunda 836 ta kompyuter va 169 ta skaner bilan ta’minlangan. Ularning asosiy qismi «Ziyonet» tarmog’iga ulangan «KADATA», «ARMAT» dasturlari o’rnatilgan. Ularda kitoblarning elektron variantlarini ham mutolaa etish imkoniyati yaratilgan

O’z navbatida axborotda tizimda kitoblarni saqlash, ularni mazmunan ekspertizadan o’tkazish, eskilarini hisobdan chiqarish, yangi kitoblarni sotib olish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot–kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko’rsatishni sifatli tashkil qilish, malakali kadrlarni qayta tayyorlash, ularni o’qitish singari o’z echimini kutayotgan bir qator muammolar qayd etildi.

Sessiyada, shuningdek, viloyatda jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish to’g’risidagi masala yuzasidan viloyat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi o’rinbosari O. Mirzaev hisobot berdi.

Sessiya ishida «Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasining yangilangan tarkibini tuzish to’g’risida», «Viloyat mahalliy byudjetining 2016 yil birinchi choragidagi ijrosi to’g’risida», «Buxoro viloyati hokimi qarorini tasdiqlash to’g’risida» hamda «Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida»gi masalalar ham ko’rildi.

Sessiya kun tartibida muhokama etilgan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.

Manba uza.uz

Показать больше

Related Articles

Close
Close