Yangiliklar

(O`zbek) Tibbiyot sohasidagi islohotlar samarasi

Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston urologiyasi: ushbu yo‘nalishda belgilangan ustuvor vazifalar va bu borada erishilayotgan natijalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari L.To‘ychiyev, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi direktori F.Oqilov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida soha rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli eng zamonaviy davolash-tashxis uskunalari bilan jihozlangan shifo maskanlari barpo etilib, kadrlar salohiyati oshayotganini ta’kidladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazida yil davomida 8,5 mingdan ziyod murakkab va tig‘siz jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilmoqda. Har kuni 150 qabulga mo‘ljallangan, 10 yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tibbiy xonalardan iborat maslahat-diagnostika poliklinikasi, 100 o‘rinli statsionar bo‘lim, dorixona, laboratoriya, rentgen, radiologiya, endoskopiya xonalari mavjud. Bu yerda komputer tarmog‘i orqali ish yuritish tizimi joriy etilgan. Markazdagi komputerlar yagona tarmoqqa ulangan bo‘lib, bemorlarning “kasallik tarixi» elektron shaklda yuritiladi va elektron arxivda saqlanadi.
Urologiya markazida “Siemens”, “Dantek”, “K. Storz”, “Wolf” kabi mashhur kompaniyalarning eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalari va jihozlaridan keng foydalanilmoqda.
Imkoniyatlar yildan-yilga yaxshilanayotgani bois xizmat ko‘rsatish qamrovi ham kengayib, sifat ko‘rsatkichlari ortmoqda. Masalan, 2003-yilda markazda qariyb 5000 bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 28 mingdan ortdi. Bundan 15-20-yil oldin bemorning buyragida tosh bor, degan tashxis qo‘yilsa, uning hajmidan qat’i nazar, davolash chorasi bitta – faqat operatsiya qilish edi. Bugungi kunda bunday xastalikka chalinganlarning 80 foizdan ortig‘i beozor, ya’ni endoskopik usul bilan davolanmoqda. Bu ilg‘or tibbiyot texnologiyalari joriy qilingan mamlakatlarda erishilgan ko‘rsatkichlarga teng.
Ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga soha mutaxassislari javob berdi.
Manba uza.uz
Показать больше

Related Articles

Close
Close