Yangiliklar

(O`zbek) Sportsevar oilalar musobaqasi

Prezidentimiz rahnamoligida sportni ommalashtirish, aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli sport xalqimiz turmushining ajralmas qismiga, hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. 

“Sog‘lom oila” musobaqasining Buxoro viloyati bosqichida bu alohida ta’kidlandi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada 28 oila ishtirok etdi.
Ishtirokchi oilalar “Tezlik”, “Chaqqonlik va merganlik”, “Bir jamoa” estafetalari, sakrash, akrobatika va arqon tortish bo‘yicha kuch sinashdi.
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jondor tumani kengashi vakili Anvar Rahimov, sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro tumani kengashi vakili Akrom Rajabovlar oilasi g‘olib bo‘ldi va musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani ko‘lga kiritdi.
– Otam Anvar Rahimov maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi, – deydi 12 yoshli Alixon. – Sportga qiziqishimda ota-onamning xizmatlari katta. Uch yildan buyon darsdan so‘ng dzyudo bilan shug‘ullanyapman. Bolalar o‘rtasida respublika chempionati oltin medaliga sazovor bo‘ldim. Maqsadim Rishod Sobirov kabi mashhur sportchi bo‘lish, jahon chempionatlari va olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdir.

Musobaqada yana bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Manba uza.uz

Показать больше

Related Articles

Close
Close