Yangiliklar

(O`zbek) Shifokorlar o‘rtasida bilimlar almashinuvi

O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasining Sil kasalligi bo‘yicha mutaxassislari 2017 yilning 22 avgustidan Tojikiston Respublikasi Sil, pulmonologiya va ko‘krak jarrohligi markazi qoshidagi innovatsion o‘quv markazi va boshqa tibbiy ta’lim muassasalari va sil kasalligi markazlari bilan tanishish uchun to‘rt kunlik safarda bo‘ldilar.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) yordami bilan o‘zbekistonlik sil kasalligi mutaxassislari birinchi bor tojikistonlik hamkasabalari bilan uchrashib, malaka va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.  Jumladan, o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari tibbiy ta’limdagi eng oxirgi yondashuvlarni o‘rgandi va sil kasalligi haqidagi ma’lumotni tibbiy ta’lim dasturiga kiritish masalasi bo‘yicha fikr almashdilar. Ushbu tashrif USAID silga qarshi kurash dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlayotgan O‘rta Osiyoda silga qarshi kurashni hamkorlikda va muvofiqlashtirilgan holda olib borishga yordam berishga qaratilgan ma’lumot almashuvi faoliyatlaridan biridir.

Innovatsion o‘quv markazi USAID yordamida Tojikistonda tashkil qilingan bo‘lib, minglab tibbiyot xodimlari va talabalarni sil kasalligining oldini olish, aniqlash, bemorni alohida e’tibor bilan parvarish qilish va Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining eng so‘nggi maslahatlarini o‘rgatadigan asosiy maskanga aylandi.Ushbu tashrifda qatnashgan o‘zbekistonlik shifokorlar O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida USAID yordami bilan tashkil qilinadigan innovatsion o‘quv markazida murabbiy va trener bo‘lib ishlashadi.

USAID O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligining Milliy silga qarshi dasturini bajarishda va aholi, shu jumladan uning ijtimoiy zaif guruhlari orasida tashhis qo‘yish, davolash va silning oldini olishning yanada samarali va mavjud uslublarini tadbiq etishda qo‘llab-quvvatlamoqda.  USAIDning silga qarshi kurash uchun bo‘lgan besh yillik dasturining asosiy maqsadi O‘zbekiston va Tojikistonda sil kasalligi oqibatlarini kamaytirish va silning ko‘plab dorilarga turg‘un shakllari rivojlanishining oldini olishdan iborat.

Sahifani Salomatlik va tibbiy statistika instituti Buxoro filiali mutaxassisi Z.Temirov tayyorladi

Показать больше

Related Articles

Close
Close