Yangiliklar

(O`zbek) Ozod va obod Vatanga baxshida umr

 

Ozod va obod Vatanga baxshida umrToshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” deb nomlangan xotira tadbiri o‘tkazildi. 

 Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, «Jahon adabiyoti» jurnali va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk tarixiy shaxs, yuksak e’tiqod sohibi, kuchli siyosatchi Islom Karimovning mustaqilligimiz, yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilgan mehnatlari mislsiz ekanini ta’kidladi.

Yurti, ona Vatani, xalqini sevgan, shu yurt yoshlarini o‘z farzandi deb bilgan, aholi farovonligi, tinchligi, xotirjamligi yo‘lida olib borilgan islohotlarga bosh bo‘lgan mamlakatimiz Birinchi Prezidentining xotirasi, qilgan ezgu amallari qalblarda mangu yashaydi.

– Ozod va obod Vatanimiz bunyodkori “O‘zbekiston bolalari – mening bolalarim», degan gapni ko‘p takrorlardi, – deydi universitet talabasi Sh.Xo‘jayorov. – Bu biz, yoshlarga juda katta dalda, o‘zimizga ishonch, yurtimiz kelajagi uchun mas’uliyat va ilm egallashimiz uchun keng imkoniyat ham berardi. Biz Vatanni sevish, ardoqlash, yurtimizning porloq kelajagi haqida orzu qilishni shu insondan o‘rgansak arziydi.

Tadbirda Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Manba uza.uz

 

 

Показать больше

Related Articles

Close
Close