ME’YORIY HUJJATLAR

ME’YORIY HUJJATLAR

TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARINI ATTESTATSIYADAN O’TKAZISH VA ULARGA MALAKA TOIFALARI BERISH TARTIBI TO’G’RISIDAGI NIZOM

 

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi va «Dori vositalari va farmastevtika faoliyati to’g’risida»gi Қonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son «Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida»gi, 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son «Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi, 2010 yil 13 maydagi 91-son «Farmastevtika faoliyatini listenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va 2012 yil 29 martdagi 92-son «Tibbiy faoliyatni listenziyalash tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorlariga muvofiq, tibbiyot va farmastevtika xodimlarini attestastiyadan o’tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom talablari tibbiyot va farmastevtika faoliyati bilan shug’ullanuvchi barcha tashkilotlarda faoliyat yuritadigan vrachlar, farmastevtlar, «Oliy hamshiralik ishi» mutaxassisligiga ega bo’lgan hamshiralar, o’rta tibbiyot va o’rta farmastevtika xodimlariga, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga (bundan buyon matnda tibbiyot va farmastevtika xodimlari deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
  2. Tibbiyot va farmastevtika xodimlarini attestastiyadan o’tkazish va ularga malaka toifalari berish, ularni o’z malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishga yo’naltirish va moddiy rag’batlantirish maqsadida amalga oshiriladi.

Tibbiyot va farmastevtika xodimlariga uchinchi, ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.

Malaka toifasi olish ixtiyoriy bo’lib, tibbiyot yoki farmastevtika xodimining murojaatiga ko’ra amalga oshiriladi.

  1. Uchinchi malaka toifasi – kerakli nazariy bilimga ega bo’lgan, lekin ikkinchi malaka toifasini olish uchun zarur ish stajiga ega bo’lmagan quyidagi vrachlarga beriladi:

umumiy stomatologiya mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lgan vrachlarga – faqat umumiy stomatologiya mutaxassisligi bo’yicha;

magistraturani tamomlagan yoki qayta tayyorlashdan o’tgan vrachlarga – olgan tor mutaxassisligi bo’yicha.

Uchinchi malaka toifasi vrachlarning xususiy tibbiyot muassasalariga ishga kirishi va ushbu muassasalar faoliyatini listenziyalashga sharoit yaratish maqsadida beriladi. Uchinchi malaka toi¬fasiga ega davlat tibbiyot muassasalari vrachlariga malaka toifasiga ega bo’lmagan vrachlar mehnatiga haq to’lash tartibi va shartlari qo’llaniladi.

  1. Ikkinchi malaka toifasi – mutaxassisligi bo’yicha kamida besh yil ish stajiga hamda zarur nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan tibbiyot va farmastevtika xodimlariga beriladi. Ikkinchi malaka toifasini olish uchun uchinchi malaka toifasining bo’lishi talab qilinmaydi.
  2. Birinchi malaka toifasi – mutaxassisligi bo’yicha kamida etti yil ish stajiga, yaxshi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga hamda ikkinchi malaka toifasiga ega bo’lgan tibbiyot va farmastevtika xodimlariga beriladi.
  3. Oliy malaka toifasi – mutaxassisligi bo’yicha kamida o’n yil ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga hamda birinchi malaka toifasiga ega bo’lgan tibbiyot va farmastevtika xodimlariga beriladi.
  4. Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan vrachlarning mutaxassislik bo’yicha ish staji Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmastevtika xodimlari mehnatiga haq to’lash tartibi va shartlari to’g’risidagi Nizomning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.

Ish stajini hisoblab chiqishda mazkur Nizomning 1-ilovasida ko’rsatilgan turdosh mutaxassisliklar bo’yicha ish staji o’zaro hisobga olinadi.

Tibbiyot va farmastevtika xodimi mutaxassisligining nomi o’zgarganda, uning oldingi mutaxassisligi bo’yicha olgan malaka toifasi va u bo’yicha mehnatga haq to’lash shartlari saqlanadi, keyinchalik yangi nomdagi mutaxassislik bo’yicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda, avvalgi mutaxassisligi bo’yicha ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi.

Sog’liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o’rinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari jamiyat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil qilish mutaxassisligi bo’yicha, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati rahbarlari, ularning o’rinbosarlari hamda bosh¬qaruv xodimlari umumiy gigiena va epidemiologiya mutaxassisligi bo’yicha malaka toifasi olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

  1. Malaka toifasi tibbiyot yoki farmastevtika xodimining murojaatiga ko’ra, asosiy va o’rindosh ish joyidagi mutaxassisliklardan bittasi bo’yicha yoki ularning har biri bo’yicha alohida berilishi mumkin. Bunda tibbiyot yoki farmastevtika xodimi tegishli mutaxassislik bo’yicha mazkur Nizomda belgilangan talablarga javob berishi kerak.
  2. Malaka toifasi besh yil muddatga beriladi.

Zarur ish stajiga ega bo’lgan tibbiyot yoki farmastevtika xodimiga u faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasi rahbarining taqdimnomasiga asosan, muddatidan oldin, biroq oxirgi malaka toifasi berilgan kundan kamida ikki yildan keyin navbatdagi malaka toifasi berilishi mumkin.

Tibbiyot va farmastevtika xodimlariga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan haq to’lash uchun asos bo’ladi, uchinchi malaka toifasi bundan mustasno.

2-bob. Tibbiyot va farmastevtika xodimlarini attestastiyadan o’tkazish va ularga malaka toifalari berishni tashkil qilish

1-§. Ixtisoslashtirilgan attestastiya komissiyalarini tuzish va ularning ishini tashkil etish

  1. Malaka toifalari tibbiyot va farmastevtika xodimlarini malaka toifasi olish uchun attestastiyadan (bundan buyon matnda attestastiya deb yuritiladi) o’tkazish natijalariga ko’ra beriladi.

Attestastiya ixtiyoriylik, xolislik va oshkoralik prinstiplari asosida Қoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog’liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog’¬liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi (bundan buyon matnda attestastiyadan o’tkazuvchi organlar deb yuritiladi) huzurida tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan attestastiya komissiyalari (bundan buyon matnda attestastiya komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan o’tkaziladi.

  1. Attestastiya komissiyalari tegishliligi bo’yicha Қoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyat¬lar sog’liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog’liqni saqlash bosh bosh¬qarmasi (bundan buyon matnda hududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari deb yuritiladi) yoki O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan kamida etti nafar a’zodan, shu jumladan, attestastiya komissiyasi rai¬si, rais o’rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tashkil etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etiladigan attestastiya komissiyalari tarkibi O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri tomonidan, hududiy sog’¬liqni saqlashni boshqarish organlari huzurida tashkil etiladigan attestastiya komissiyalari tarkibi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda hududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.

Attestastiya komissiyalari tarkibi har yili qayta tasdiqlanadi. Bunda attestastiya komissiyasi tarkibining kamida yigirma foizi yangilanishi kerak.

Attestastiya komissiyalari a’zolari attestastiya komissiyasi tarkibiga shartnoma asosida jalb etiladi.

  1. Attestastiyadan o’tkazuvchi organlar huzurida tashkil etiladigan attestastiya komissiyalarining soni, har bir attestastiya komissiyasining ixtisosligi va ular tomonidan attestastiyadan o’tkaziladigan mutaxassisliklar tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmastevtika xodimlarining sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Attestastiya komissiyasining ixtisosligi attestastiya komissiyasi a’zolarining mutaxassisligiga muvofiq bo’lishi zarur.

  1. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etiladigan attestastiya komissiyalari tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashi vakillari kiritilishi mumkin.

Ҳududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari huzurida tashkil etiladigan attestastiya komissiyalari tarkibiga hududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organi, hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, hududiy kasaba uyushma birlashmalari kengashlari vakillari kiritilishi mumkin.

  1. Ҳududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari tomonidan quyidagi malaka toifalarini berish bo’yicha attestastiyalar o’tkaziladi:

vrach va farmastevtlarga – uchinchi hamda ikkinchi malaka toifasi berish bo’yicha, mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan vrach va farmastevtlar bundan mustasno;

«Oliy hamshiralik ishi» mutaxassisligiga ega bo’lgan hamshiralar, o’rta tibbiyot va o’rta farmastevtika xodimlariga – ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalarini berish bo’yicha.

  1. O’zbekiston Respublikasi Sog’¬liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari tomonidan tibbiyot va farmastevtika xodimlariga barcha turdagi malaka toifalarini berish bo’yicha attestastiya o’tkaziladi.
  2. Қuyidagi tibbiyot va farmastevtika xodimlari faqat O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari tomonidan attestastiyadan o’tkaziladi:

vrach va farmastevtlar – birinchi va oliy malaka toifasi berish bo’yicha;

jamiyat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil qilish mutaxassisligi bo’yicha ishlayotgan tibbiyot va farmastevtika xodimlari;

respublika tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmastevtika xodimlari;

faoliyat yuritayotgan joydagi hududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari tarkibida mutaxassisligi bo’yicha attestastiya komissiyasi a’zosi mavjud bo’lmagan tibbiyot va farmastevtika xodimlari.

  1. Attestastiya komissiyasi:

attestastiyadan o’tkaziladigan talabgor haqida qisqacha axborotni tinglaydi;

attestastiyadan o’tadigan talabgorga savollar beradi, uning javoblari natijalari bo’yicha ochiq ovoz berishni o’tkazadi;

attestastiya natijasi bo’yicha talabgorga baho beradi;

attestastiyadan o’tgan talabgor faoliya¬tini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar beradi;

attestastiya savollarini tuzadi va ularni yangilab boradi;

attestastiya o’tkazish bilan bog’liq bosh¬qa masalalarni ko’rib chiqadi.

Attestastiya komissiyasi yig’ilishi uning ishida attestastiya komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Sog’¬liqni saqlash vazirligi huzuridagi Vrachlar va farmastevtlarga listenziya berish va attestastiyadan o’tkazish Respublika markazi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalarining doimiy ishchi organi hisoblanadi. Doimiy ishchi organi xodimlari attestastiya komissiyalari tarkibiga kiritilmaydi.
  2. Doimiy ishchi organ:

talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizomning 22-bandi talablariga muvofiqligini ko’rib chiqadi;

talabgorlarning hujjatlarini attes¬tastiya komissiyasida ko’rib chiqish uchun tayyorlaydi;

attestastiyadan o’tkaziladigan talabgorlar ro’yxatini tuzadi;

attestastiya savollari ro’yxatini O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlaydi;

attestastiyani o’tkazish sanasi va joyi to’g’risidagi, shuningdek, uzrli sabablarga ko’ra ularning o’zgarganligi haqidagi ma’lumotlarni attestastiya komissiyasi a’zolariga hamda talabgorlarga etkazadi;

attestastiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

  1. Ҳududiy sog’liqni saqlashni bosh¬qarish organlari huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalarida doimiy ishchi organning vazifalari ushbu attestastiya komissiyalarining o’zlari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Ҳar bir attestastiya komissiyasining yig’ilishlari attestastiyadan o’tkazuvchi organ tomonidan tasdiqlanadigan yillik jadval asosida o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari yig’ilishlarining yillik jadvali uning rasmiy veb-sayti va tizimidagi ommaviy axborot vositalarida, hududiy sog’¬liqni saqlashni boshqarish organlari huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari yig’ilishlarining yillik jadvali ularning rasmiy veb-saytlarida yanvar oyining o’n beshinchi sanasiga qadar e’lon qilinadi.

2-§. Talabgorlarning

arizalarini qabul qilish

va ko’rib chiqish

  1. Mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq, tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega bo’lgan hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq malaka oshirgan talabgorlar malaka toifasi olish uchun attestastiyadan o’tkazuvchi tegishli organga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi;

nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma nusxasi (diplom yoki malaka toifasi olgandan so’ng familiyasi o’zgargan talabgorlar uchun);

oliy (o’rta maxsus) tibbiy yoki farmastevtika ma’lumoti to’g’risidagi diplom, shuningdek, internatura, magistraturani tamomlaganligi yoki qayta tayyorlashdan o’tganligi to’g’risidagi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;

mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoki undan ko’chirma;

malaka toifasi berilganligi to’g’risidagi sertifikatning nusxasi (malaka toifasiga ega bo’lgan talabgorlar uchun);

mutaxassislik bo’yicha malaka oshirganligi to’g’risidagi sertifikatning notarial tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy seminarlar, s’ezdlar, konferenstiyalarda qatnashganligi hamda xorijiy davlatlarda malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, guvohnoma, sertifikat va h.k.) nusxasi (mavjud bo’lganda);

talabgor faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasi rahbarining taqdimnomasi (muddatidan oldin malaka toifasi olishga talabgorlar uchun);

faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma;

oxirgi uch yil davomida talabgor fao¬liyat yuritayotgan tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan talabgorning mehnat faoliyati haqidagi hisobot, ushbu davrda talabgorning ish joyi o’zgargan taqdirda, oldingi ish joyidagi mehnat faoliyati haqidagi hisobot bilan birga;

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda to’ldirilgan attestastiya varaqasi;

attestastiya o’tkazish uchun amalga oshirilgan to’lov hujjatining nusxasi.

Talabgorlardan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni so’rab olishga yo’l qo’yilmaydi.

Talabgor taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun javobgar bo’ladi.

  1. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar attestastiyadan o’tkazuvchi organning elektron pochta manzili orqali ham taqdim etilishi mumkin. Bunda talabgor attestastiyaning ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun kelganda elektron pochta orqali jo’natilgan hujjatlarning qog’oz nusxalarini taqdim etishi lozim.
  2. Attestastiya o’tkazish uchun vrach va farmastevt talabgorlardan eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida to’lov undiriladi. Attestastiyadan o’tkazish uchun «Oliy hamshiralik ishi» mutaxassisligiga ega bo’lgan hamshiralar, o’rta tibbiyot va o’rta farmastevtika xodimlaridan to’lov undirilmaydi.
  3. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab o’n kun ichida ko’rib chiqiladi. Қuyidagi hollarda talabgorni attestastiyadan o’tkazish rad etiladi:

talabgor mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq, tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega bo’lmagan yoki Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq malaka oshirmagan taqdirda;

mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to’liq bo’lmaganda;

taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri yoki qalbakilashtirilgan ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda.

Attestastiyadan o’tkazishni boshqa asoslar bo’yicha rad etishga yo’l qo’yilmaydi.

  1. Attestastiyadan o’tkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda talabgorga yozma ravishda asoslantirilgan xabar beriladi va ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch oy muddat beriladi.

Ko’rsatilgan kamchiliklar talabgor tomonidan uch oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, attestastiya o’tkazish uchun qayta murojaat qilish, shu jumladan takroran to’lov amalga oshirish talab etilmaydi. Ushbu muddat o’tgach, talabgor attestastiyadan o’tish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishga haqli.

Ko’rsatilgan kamchiliklar talabgor tomonidan uch oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, attestastiya o’tkazishni ilgari ko’rsatilmagan yangi asoslar bo’yicha rad etishga yo’l qo’yilmaydi.

  1. Malaka toifasi muddati tugashi bilan egallab turgan yoki boshqa malaka toifasini olish istagida bo’lgan talabgor, amaldagi malaka toifasi muddati tugashidan kamida uch oy oldin attestastiyadan o’tish to’g’risida murojaat qilishi lozim. Bunda mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to’liq bo’lgan taqdirda, ushbu talabgor uch oy ichida attestastiyadan o’tkazilishi shart.

Talabgor amaldagi malaka toifasi muddati tugagandan keyin ham malaka toifasi olish uchun murojaat qilishga haqli. Malaka toifasi muddatining tugaganligi talabgorga ushbu malaka toifasi yoki nav¬batdagi malaka toifasi berishni rad etish uchun asos bo’lmaydi.

3-§. Talabgorlarni

attestastiyadan o’tkazish va ularga malaka toifasi berish

  1. Attestastiya ikki bosqichda o’tkaziladi.

Attestastiyaning birinchi bosqichida talabgor kompyuter vositasida test sinovidan o’tkaziladi. Bunda talabgorga mutaxassisligi bo’yicha 50 ta test savoli beriladi. Ҳar bir savol 1 ballik tizimda baholanadi.

Test sinovi talabgorning tanloviga ko’ra uning bevosita ishtirokida yoki masofadan turib (onlayn rejimida) o’tkazilishi mumkin.

Test sinovida to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 65 foizidan ortig’ini olgan talabgorlar attestastiyaning ikkinchi bosqichiga qo’yiladi. Mazkur talabgorlar bir yil davomida attestastiyaning ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqiga ega.

Test sinovida to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 65 foizidan kam ball olgan talabgorlarga bir yil ichida bir marta test sinovini qayta topshirish imkoniyati beriladi.

Test sinovi o’tkazilgan kundan boshlab bir yil davomida qayta test sinovida ishtirok etmagan yoki unda to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 65 foizidan kam ball olgan talabgorlar attestastiyadan o’tmagan, deb hisoblanadi.

  1. Attestastiyaning ikkinchi bosqichi 5 ta savoldan iborat bilet asosida suhbat shaklida o’tkaziladi.
  2. Talabgorning savollarga javoblari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

o’z mutaxassisligi bo’yicha tayyorgarlik darajasi;

kasbiy faoliyati natijalari, umumiy va maxsus bilim hamda amaliy ko’nikmalari;

o’z xizmat faoliyatini tahlil qila olish va kasbiga bog’liq vaziyatli masalalarni to’g’ri hal qilish qobiliyati;

zamonaviy profilaktika standartlari, diagnostika va davolash usullarini bilishi hamda amaliyotda qo’llay olishi (vrachlar uchun);

tibbiyot deontologiyasi va kasb etikasi asosiy prinstiplarini bilishi;

sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar, shu jumladan tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimidan xabardorligi.

Talabgorning har bir savolga javobi attestastiya komissiyasi a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan o’n ballik tizimda baholanadi. Ovozlar teng bo’lganda attes¬tastiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi bo’ladi.

  1. Attestastiyaning ikkinchi bosqichida olingan ballar har bir talabgor bo’yicha attestastiya komissiyasi tomonidan quyidagicha qaror qabul qilinishi uchun asos bo’ladi:

to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 65 foizi va undan yuqori ball uchun – talabgorlik qilayotgan malaka toifasiga loyiq deb topish haqida;

to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 56 foizidan 64 foizigacha ball uchun – talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan bir pog’ona past malaka toifasi berish haqida;

to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 46 foizidan 55 foizigacha ball uchun – talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan ikki pog’ona past malaka toifasi berish haqida;

to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 40 foizidan 45 foizigacha ball uchun – talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan uch pog’ona past malaka toifasi berish haqida;

to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 40 foizidan kam ball uchun yoki mazkur bandning uchinchi – beshinchi xatboshilariga muvofiq tegishli past pog’onadagi malaka toifasi mavjud bo’lmagan hollarda – malaka toifasi berishga noloyiq deb topish haqida.

Talabgorlar tomonidan attestastiyaning ikkinchi bosqichida olingan ballar hamda attestastiya komissiyasi qarori shu kunning o’zida ularga o’qib eshittiriladi.

  1. Attestastiyaning birinchi va ikkinchi bosqichi natijalari hamda har bir talabgor bo’yicha attestastiya komissiyasi qarori talabgorning attestastiya varaqasiga kiritiladi hamda ushbu varaqa attes¬tastiya komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
  2. Attestastiyaning ikkinchi bosqichi davomida attestastiya komissiyasi kotibi tomonidan bayonnoma yuritiladi.

Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi:

attestastiya o’tkazilgan joy va sana,

attestastiya boshlangan va tugallangan vaqt;

attestastiyada qatnashgan attestastiya komissiyasi a’zolarining ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi hamda lavozimi;

attestastiyaning umumiy natijalari;

attestastiya jarayoniga taalluqli bo’lgan boshqa ma’lumotlar.

Bayonnomaga attestastiyada hozir bo’lgan va kelmagan talabgorlar ro’yxati kiritilgan jadval ilova qilinadi. Mazkur jadvalda har bir talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug’ilgan yili, ish joyi, lavozimi, mutaxassisligi, umumiy ish staji, mutaxassisligi bo’yicha ish staji, malaka oshirgan vaqti, amaldagi malaka toifasi va berilgan yili, talabgorlik qilayotgan malaka toifasi, attestastiyaning birinchi va ikkinchi bosqichida olingan ballar hamda attestastiya komissiyasining qarori ko’rsatiladi.

Bayonnoma attestastiya komisiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

  1. Bayonnomaga asosan, attestastiyaning ikkinchi bosqichi tugagan kundan boshlab o’n kun ichida attestastiya yakunlari bo’yicha attestastiya o’tkazuvchi organ rahbarining buyrug’i qabul qilinadi hamda malaka toifasi berilgan talabgorlarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda malaka toifasi berilganligi to’g’risida sertifikat (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.

Sertifikat varaqalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, himoyalanganlik darajasi, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo’ladi.

  1. Sertifikat berilganligi uchun «Oliy hamshiralik ishi» mutaxassisligiga ega bo’lgan hamshiralar, o’rta tibbiyot va o’rta farmastevtika xodimlaridan eng kam ish haqining yigirma foizi miqdorida to’lov undiriladi.
  2. Attestastiyaning birinchi yoki ikkinchi bosqichida to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 65 foizidan kam ball olgan talabgorlar tegishli bosqich o’tkazilgan kundan boshlab bir yil o’tgach, malaka toifasi olish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.

Attestastiyadan o’tish uchun murojaat qilgan, biroq bir yil ichida attestastiyaning bir yoki ikki bosqichida ishtirok etmagan talabgorlar malaka toifasi olish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.

Talabgor attestastiyadan o’tmagan yoki unda ishtirok etmagan yoxud malaka toifasini olishdan bosh tortgan taqdirda, attestastiya o’tkazish uchun qilingan to’lovlar qaytarilmaydi.

3-bob. Sertifikatnining

amal qilishini tugatish va

uni bekor qilish

  1. Қuyidagi hollarda sertifikatning amal qilishi tugatiladi:

sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;

tibbiyot yoki farmastevtika xodimining faoliyatida bemorning o’limiga sabab bo’luvchi qo’pol xato va buzilishlarga yo’l qo’yilgan yoxud nogironlik tayinlanishiga olib keluvchi og’ir tan jarohatlari etkazilganligi sudning qarori bilan aniqlanganda;

malaka toifasi muddati tugagunga qadar attestastiyada ishtirok etgan talabgorga amaldagi malaka toifasidan pastroq malaka toifasi berilgan yoki malaka toifasi berilmagan hollarda.

Sertifikatning amal qilish muddatini oldin tugatish uni bergan attes¬tastiya o’tkazuvchi organ rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Bunda sertifikatning amal qilishi mazkur buyruq qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.

  1. Malaka toifasi soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi sudning qarori bilan aniqlanganda, sertifikat bekor qilinadi.

Sertifikatni bekor qilish uni bergan attestastiya o’tkazuvchi organ rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Bunda sertifikat u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan, deb hisoblanadi.

  1. Sertifikatning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish haqidagi buyruqning nusxasi o’n kun ichida uning egasiga va u faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasiga yuboriladi.

Sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilinganda, talabgor tomonidan qilingan to’lovlar qaytarilmaydi.

4-bob. Apellyastiya shikoyati berish va uni ko’rib chiqish

  1. Attestastiya komissiyasining qaroridan norozi bo’lgan talabgorlar attes¬tastiya o’tkazilgan kundan boshlab o’n kalendar kun mobaynida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida tuziladigan apellyastiya komissiyasiga yozma ravishda apellyastiya shikoyati berish huquqiga ega.

Appelyastiya komissiyasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Attes¬tastiya komissiyasi a’zolari apellyastiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.

  1. Apellyastiya shikoyatini apellyastiya komissiyasi tomonidan ikki hafta ichida talabgor ishtirokida, zarur hollarda attestastiya komissiyasi a’zolari va betaraf mutaxassislarni taklif qilgan holda ko’rib chiqiladi.

Apellyastiya shikoyatida ko’rsatilgan vajlar apellyastiya komissiyasi tomonidan attestastiya materiallari asosida o’rganiladi. Apellyastiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalariga ko’ra, uni qanoatlantirish yoki attestastiya komissiyasi qarorini o’zgartirishsiz qoldirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.

  1. Apellyastiya komissiyasining apellyastiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.

5-bob. Sertifikatning

dublikatini berish

  1. Yo’qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikatning o’rniga ushbu sertifikat egasining arizasiga ko’ra, o’n besh kun ichida uning dublikati berilishi shart.
  2. Sertifikat dublikatida uning avvalgi hisobga olish raqami, belgilangan amal qilish muddati hamda yuqori o’ng burchagiga «DUBLIKAT» yozuvi ko’rsatiladi. Sertifikatning dublikatini berganlik uchun attestastiyadan o’tish va qo’shimcha haq to’lash talab qilinmaydi.

6-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Ҳududiy sog’liqni saqlashni bosh¬qarish organlari huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari uchun undirilgan to’lovlar mazkur organlarning, O’zbekiston Respublikasi Sog’¬liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari uchun undirilgan to’lovlar doimiy ishchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi.
  2. Ҳududiy sog’liqni saqlashni bosh¬qarish organlari huzurida tashkil etilgan attestastiya komissiyalari tomonidan yillik jadval bo’yicha barcha yig’ilishlar o’tkazilgandan keyin, biroq keyingi yil yanvar oyi¬ning o’n beshinchi sanasidan kechiktirmasdan o’tkazilgan attestastiya natijalari haqida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga axborot taqdim etadi.

Vrachlar va farmastevtlarga berilgan malaka toifalarining hisobi doi¬miy ishchi organi tomonidan, «Oliy hamshiralik ishi» mutaxassisligiga ega bo’lgan hamshiralarga berilgan malaka toifalarining hisobi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritiladi.

O’rta tibbiyot va o’rta farmastevtika xodimlariga malaka toifalarini berishning hisobi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan olib boriladi.

Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar konun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O’zbekiston kasaba uyuщmalari fede¬rastiya¬si kengashi bilan kelishilgan.

Tibbiyot va farmastevtika

xodimlarini attestastiyadan o’tkazish

va ularga malaka toifalari berish tartibi to’g’risidagi nizomga

1-ilova

Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan vrachlarning mutaxassislik bo’yicha ish stajini hisoblab chiqarishda o’zaro hisobga olinadigan turdosh mutaxassisliklar

Tibbiyot va farmastevt xodimlarini attestastiyadan o’tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to’g’risidagi nizomga

2-ilova

________________________________________________________

(attestastiya komissiyasining to’liq nomi)

MALAKA TOIFASI OLIShGA TALABGOR

_______________________________________NING

ATTESTAtsIYa VARAҚASI

  1. TALABGOR TO’ҒRISIDA MA’LUMOTLAR
  2. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

________________________________________________________

  1. Ish joyi va lavozimi:

_________________________________________________________

  1. Tug’ilgan yili: __________ 4. Millati: _______________________
  2. Ma’lumoti: _______________________________________________

___________________________________________________________

(tamomlagan oliy (o’rta maxsus, kasb-hunar) ta’lim muassasasi nomi, tamomlagan yili, diplom raqami)

  1. Magistraturani tamomlagan yoki qayta tayyorlashdan o’tgan mutaxassisligi: _____________________________________________ ___________________________________________________________

(muassasa nomi, tamomlagan yili)

  1. Attestastiya o’tkaziladigan mutaxassislik:

________________________________________________________

  1. Malaka toifasi olish uchun keyingi besh yil ichida malaka oshirganligi to’g’risidagi ma’lumot ___________________________

___________________________________________________________

(malaka oshirish mavzusi, malaka oshirgan muassasa nomi, yili va malaka oshirish davriyligi)

  1. Attestastiyadan o’tayotgan mutaxassisligi bo’yicha olgan oldingi malaka toifasi to’g’risida ma’lumot:
  2. a) malaka toifasi _____________
  3. b) malaka toifasi bergan attestastiyadan o’tkazuvchi organ, berilgan yili, buyruq raqami:________________________________________

__________________________________________________________

Talabgorning imzosi: _________________________

To’ldirilgan vaqt: 20___yil «____» _____________

  1. Attestastiya natijalari:
  2. Kompyuter-test sinovi:

o’tkazilgan sana: 20___yil «___» ______________

to’g’ri topilgan javoblar soni ____ta

to’plangan ball: ____ ( ____%)

  1. Suhbat:

Suhbat o’tkazilgan sana: 20___yil «___» ______________

1) Savol ______________________________________________

(savolning qisqacha mazmuni)

Javob: _______ ballga baholandi.

2) Savol ______________________________________________

(savolning qisqacha mazmuni)

Javob: _______ ballga baholandi.

3) Savol ______________________________________________

(savolning qisqacha mazmuni)

Javob: _______ ballga baholandi.

4) Savol ______________________________________________

(savolning qisqacha mazmuni)

Javob: _______ ballga baholandi.

5) Savol ______________________________________________

(savolning qisqacha mazmuni)

Javob: _______ ballga baholandi.

Og’zaki imtihondan to’plangan ball ____ ( ____%)

Attestastiya komissiyasi

kotibining imzosi:_____________________________

III. Attestastiyadan o’tkazish komissiyasi a’zolarining ovoz berish natijasi:

Ovoz berishda katnashganlar soni ___________

Shulardan ______ oliy, ________ birinchi, ________ ikkinchi _______ uchinchi malaka toifasi uchun, betaraflar__________

  1. Attestastiyadan o’tkazish komissiyasining qarori:

Tibbiyot va farmastevtika xodimlarini attestastiyadan o’tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to’g’risidagi nizomning 31-bandiga muvofiq, talabgor

__________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

______________malaka toifasiga loyiq (noloyiq) deb topildi.

(keraklisining tagiga chiziladi)

Tibbiyot va farmastevtika xodimlarini attestastiyadan o’tkazish

va ularga malaka toifalari berish tartibi to’g’risidagi nizomga

3-ilova

MALAKA TOIFASI BERILGANLIGI TO’G’RISIDA SERTIFIKAT AA 000000

Показать больше

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Close
Close