Yangiliklar

(O`zbek) Hokimlik soati yig’ilishi

Joriy yil 5 iyun kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimi o’rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o’rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashgan yig’ilishni viloyat hokimi O’. Barnoyev boshqarib bordi.

Dastlab ishtirokchilar kadrlar tarkibidagi o’zgarishlar bilan tanishtirildi. Jabborov Nuriddin  Muhiddinovich — viloyat hokimining yordamchisi, Jo’raev Shermat Isroilovich – viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari kotibiyat mudiri, G’aybullayev Muqim Sayfullayevich – viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlangan.

Hokimlik soati yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan may oyining ikkinchi yarmida qabul qilingan farmonlar, qarorlar va farmoyishlarning mazmun-mohiyati va ularni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risidagi masala muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni va 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-sonli “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori mehnat munosabatlarini tartibga solish, aholini yangi ish o’rinlari bilan ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam o’z vaqtida to’lanishi monitoringini amalga oshirishda yangi davrni boshlab berdi.

Farmonga asosan Respublika Mehnat vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga aylantirildi hamda ushbu tuzilma huzurida Jamoat ishlari jamg’armasi tashkil etilmoqda. Mazkur jamg’armaning asosiy vazifalari etib, vaqtincha band bo’lmagan aholini yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, yo’l va uy-joy kommunal infratuzilmasini qurish, ta’mirlash va rekonstruktsiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xo’jaligi ishlarida ishtiroklarini moliyalashtirish belgilangan.

 “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorda esa vazirlikning yangi takomillashgan tashkiliy tuzilmasi, vazirlik markaziy apparati, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, tuman (shahar) bandlikka ko’maklashish markazlarining tuzilmalari tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan mehnat resurslari ko’p bo’lgan tumanlarda band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradigan tayanch kollejlarining ro’yxati tasdiqlangan. Ushbu ro’yxatdan o’rin olgan Buxoro viloyatidagi Olot tuman qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji (tikuvchilik, to’qimachilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash) va Romitan tumani sanoat kasb-hunar kolleji (payvandlash, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, tikuvchilik, elektr ta’minoti) band bo’lmagan aholini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablaridan kelib chiqqan holda mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassislik va yo’nalishlar bo’yicha o’qitadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to’lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni va 2017 yil 30 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori esa kommunal xizmat ko’rsatish sohasini yangi bosqichga olib chiqish, shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan iste’molchilarga nisbatan ta’sirchan choralar ko’rish,  hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni nazarda tutadi. Ushbu hujjatlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti faoliyati tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

Ushbu davrda qabul qilingan viloyat hayotiga oid muhim hujjatlardan biri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 maydagi 312-sonli “2017-2019 yillarda Buxoro viloyati Olot tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qaroridir.

Mazkur qarorga asosan 2017-2019 yillarda Olot tumani bo’yicha 665 ta loyihalarni amalga oshirish hamda 533  milliard so’mdan ortiq mablag’lar o’zlashtirilishi hamda 2435 ta yangi ish o’rni yaratilishi ko’zda tutilgan

Viloyat rahbari ushbu muhim hujjatlar ijrosini o’z vaqtida va so’zsiz ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko’rsatma berdi.

Shuningdek, hokimlik soatida kun tartibidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yil yanvar-may oylari yakunlari va 1-yarim yillikni muvafaqqiyatli yakunlash, tumanlar va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha  hokim, prokuror, ichki ishlar va davlat soliq inspektsiyasi boshliqlari rahbarligidagi ishchi guruhlarning faoliyati, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi PQ-2853-sonli “2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarni rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ijrosining holati,  viloyatda 2017 yilda bolalar sporti ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, g’o’za vegetatsiyasi davrida suvdan oqilona foydalanish, 2017 yil hosili uchun g’alla o’rim yig’imiga tayyorgarlik  hamda pilla topshirishning borishi hamda ijro intizomi masalalari tanqidiy muhokama qilindi.

Manba buxoro.uz

Показать больше

Related Articles

Close
Close