Yangiliklar

(O`zbek) “Har bir inson mehr va e’tiborda”

Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda tibbiy xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos milliy modeli yaratildi. Buning natijasida har bir fuqaroning Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangan malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqini ta’minlashga erishilmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Dasturlarining negizida mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qiladigan aholini  ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkonini yaratib berish mujassamdir. Har yili bir necha marta “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida respublika ixtisoslashtirilgan markazlari va klinikalarining etakchi mutaxassislari  tomonidan o‘tkaziladigan keng qamrovli tibbiy ko‘rik aksiyalari hamda bugungi tadbirimiz bunga misol bo‘la oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 21 sentyabr kuni respublika hududlarida aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish qaroriga asosan 2016 yil 17 oktyabrdan boshlab respublika hududlarida aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash maqsadida “Har bir inson mehr va e’tiborda” shiori ostida tibbiy-ijtimoiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, bizning viloyatda bu tadbir Respublika onkologiya ilmiy markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2 klinikasining professorlari, fan doktorlari, dotsentlari va etakchi soha mutaxassislari ishtirokida o‘tmoqda.

Jami 30 nafar mutaxassisdan iborat ishchi guruhlarning ustuvor vazifasi etib davolash-profilaktika muassasalariga amaliy va uslubiy yordamni joylarga chiqib tashkil qilish hamda tegishli hududlarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etilganlik darajasini har tomonlama taxlil qilish belgilangan. Tadbir davomida dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar, davra suhbatlari, mahorat darslari, ko‘rgazmali operatsiyalar va maslahatlashuvlar o‘tkazish, viloyat hamda shahar va tuman davolash-profilaktika muassasalarida konsiliumlar o‘tkazish, og‘ir bemorlarni ko‘rib chiqish, shuningdek ko‘p tarmoqli poliklinikalarda bemorlarni ambulator qabul qilish, tibbiyot xodimlarining davolash-profilaktika muassasalarida mavjud tibbiyot asbob-uskunalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ular uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirlar davomida  “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin kizlar qo‘mitasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati faollari, FHDYO xodimlari, din vakillarining o‘zaro hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Ushbu tashkilotlar aholi o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritib borishda o‘z o‘rniga egadirlar.

Показать больше

Related Articles

Close
Close