Yangiliklar

(O`zbek) Davlat granti ajratish uchun tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24-yilligi bayrami munosabati bilan “Aholining huquqiy bilimlari, huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish” mavzusida

 Davlat granti ajratish uchun tanlov e’lon qiladi
Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi maqsadlardan kelib chiqqan loyihalari qabul qilinadi:
1. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish hamda jamiyatda qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlarni, eng avvalo, yoshlar orasida amalga oshirish.
2. Hududiy OAVda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalari, tamoyillari va maqsadlarini ochib berish, Bosh qonun me’yorlari haqida bilimlar targ‘ibotiga qaratilgan maxsus tele va radiodasturlar, nashrlar, maqolalarni tayyorlash va chop etish.
3. Barcha davlat organlari, mas’ul shaxslar va fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa nisbatan hurmat munosabatini shakllantirishga qaratilgan materiallarni hududiy OAVda tayyorlash va chop etish.
4. Fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilishning mavjud huquqiy mexanizmlari haqida xabardorligini oshirish, ularda amaldagi qonunchilik doirasida o‘z huquqlarini talab qilish ko‘nikmalari, bilimi va tayyorligini shakllantirishga qaratilgan mavzuga doir tele va radiodasturlar, maqolalarni tayyorlash va chop etish.
5. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini ochib berish bo‘yicha hududiy OAV tomonidan axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
6. Jamiyatda huquqiy ong, siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan amaliy ishlarni OAVda keng yoritish.
7. Respublikada me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va jamoat muhokamasi, ushbu ishda ekspertlar, olimlar, mutaxassis-amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining ishtiroki bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.
8. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarni amalga oshirishga qaratilgan qonun hujjatlari loyihalarini jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.
9. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida qabul qilingan qonunlarning mazmuni va mohiyati haqida keng axborot-tushuntirish ishlarini davom ettirish.
10. Aholining huquqiy ongini oshirish, huquqiy bilimlarni targ‘ibot qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Ariza taqdim etilayotganligi haqida NNT tashkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
2. www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda yozilgan grant loyihasi (arizasi).
3. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi.
4. Nizom nusxasi (oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalar) tashkilot muhri bilan tasdiqlangan.
5. Agar loyiha litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, litsenziya nusxasi.
6. Mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlash borasida manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining taqdimnoma yoki xati ilova qilinishi mumkin.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 million so‘mgacha.
Hujjatlar 2015-yil 29-avgustdan 6-oktabrgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda
(A4 format): Toshkent shahri, 100035, “Bunyodkor” shoh ko‘chasi, 1-uyda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga yuborilishi shart.
Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlarining namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-64.
Manba: uza.uz
Показать больше

Related Articles

Close
Close