BOSHQARMA HAQIDA

BOSHQARMA HAQIDA

BOSHQARMA HAQIDA

Buxoro viloyat hokimligi Sog’liqni saqlash boshqarmasi sog’liqni saqlashni boshqaruvchi markaziy davlat organi hisoblanib, o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligigi bo’ysunadi.

Boshqarma o’zining ishini boshqa davlat boshqaruv organlari, viloyat, tumanlar va Buxoro hamda Buxoxo shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Boshqarma o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari va Oliy Majlisning boshqa aktlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaror va farmoyishlari, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligining Qaror va buyruqlari va boshqa qonuniy xujjatlari asosida olib boradi.

Boshqarmaning o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan huquqiy-me’yoriy xujjatlar mulkchilik sha

klidan qat’iy nazar viloyat hududidagi davlat organlari, jamoat birlashmalari, jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart.

Boshqarma yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, o’ziga tegishli mol-mulkni, balans, bank muassasalaridagi hisob-kitob raqamlari, O’zbekiston Respublikasi gerbi tasvirlangan muhrini operativ idora qilish huquqiga ega.

 

Показать больше

Related Articles

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Check Also

Close
Close
Close