Yangiliklar

(O`zbek) Bolalar salomatligi haftaligi

Mamlakatimiz, jumladan, viloyatimizda ham «Bolalar salomatlik haftaligi» o’tkazildi. U respublika Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 yanvardagi «2015-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasida bolalar o’rtasida gelmintiozlarning oldini olish va davolash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Bolalar o’rtasida «A» vitamini tanqisligi oldini olish hamda ular o’rtasida parazitologik kasalliklar tarqalishiga ishonchli to’siq yaratish maqsadi ko’zda tutilgan haftalikka viloyatda puxta hozirlik ko’rildi. Shifokorlar joylarda aholiga «Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida o’tkazilayotgan ushbu tadbirning ahamiyati xususida tushunchalar berishdi.Tadbirni uyushqoqlik bilan o’tkazish choralari ko’rildi.Kogon shahar markaziy poliklinikasi xizmatidan foydalanuvchilar e’tiborimizni aynan shu jihatga qaratishdi.

— Bugun o’g’lim Azizjonni shifokorlar tibbiy ko’rikdan o’tkazib, kasalliklarga qarshi zarur profilaktik tadbir o’tkazishdi,— deydi 17-mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi Nozima Istamova.—Bu uning sog’-salomat o’sib-ulg’ayishi uchun juda katta ahamiyatga ega, albatta. Biz, onalar, davlatimiz tomonidan farzandlarimizga ko’rsatilayotgan bu e’tibor va g’amxo’rlikdan behad minnatdormiz.

Aytish o’rinliki, 2-10 may kunlari o’tkazilgan haftalik davomida viloyat bo’yicha tegishli yosh doirasidagi salkam 374 ming nafar o’g’il-qiz bu tadbirga qamrab olindi.

Manba: buxoro.uz

Показать больше

Related Articles

Close
Close