Imtiyozli ro’yxat

Vazirlar Mahkamasining
2013 yil 22 iyuldagi
204-son qaroriga
1-ILOVA

Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari
RO‘YXATI

1. Onkologik kasalliklarga chalinganlar.
2. Sil kasalligiga chalinganlar.
3. Moxov kasalligiga chalinganlar.
4. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar.
5. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar.
6. OIV kasalligini yuqtirganlar.
7. Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar.
8. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar.
9. 1941 – 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.
10. 1941 – 1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari.
11. Chernobil’ AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogiron shaxslar.
12. Baynalmilalchi jangchilar.
13. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro ob’ektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

«O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami»,
2013 yil 29 iyul’, 30-son, 387-modda

«O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami»,
2013 yil, 7-son, 46-modda