Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Muhtaram vatandoshlar!
Xalqimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda katta shodu xurramlik ila kutib olayotgan Qurbon hayiti bilan sizlarni, goʻzal diyorimizdagi barcha moʻminlarni chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallab, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin!
Mana shunday shukuhli va saodatli ayyomda hammamiz avvalo Alloh taboraka va taologa beadad shukronalar aytishimiz tabiiydir.

Continue reading

Posted in Yangiliklar | Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigida fikr bildirishni o'chirish

Oʻzbekistonlik yosh olim onkologik kasalliklarga qarshi selen nanozarrali preparat ustida ishlamoqda

Oʻzbekistonlik yosh olim onkologik kasalliklarga qarshi selen nanozarrali preparat ustida ishlamoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Belarus Respublikasiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborilgan yosh olimlardan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining yetakchi ilmiy xodimi Haydar Yunusov Belarus Milliy fanlar akademiyasi Yangi materiallar kimyosi institutining “Mikro va nanotuzilishli preparatlar” laboratoriyasida oʻzining ilmiy-amaliy malakasini oshirmoqda.

Continue reading

Posted in Yangiliklar | Oʻzbekistonlik yosh olim onkologik kasalliklarga qarshi selen nanozarrali preparat ustida ishlamoqdada fikr bildirishni o'chirish

“Tez yordam” chaqirishning ham oʻz mavridi va madaniyati bor

“Tez yordam” chaqirishning ham oʻz mavridi va madaniyati bor

Mamlakatimizda shakllangan shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatining inson hayoti va salomatligini asrashdagi oʻrni nihoyatda muhim.
Prezidentimizning 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazkur yoʻnalishda ishlarning tezkorligi, sifat va samaradorligini yanada oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, ilm-fan yangiliklarini tibbiyot amaliyotiga keng tatbiq etishda muhim dasturilamal boʻlmoqda.
Oʻn milliondan ziyod murojaat
Maʼlumotlarga koʻra, har yili mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam xizmati orqali aholining 10 milliondan koʻproq murojaatlari qondiriladi. ­Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi filiallari hamda boʻlimlarida ikki yuz ming nafardan koʻproq bemorga yuqori texnologiyaga asoslangan eng murakkab tibbiy amaliyotlar oʻtkaziladi.
Keyingi ikki yil ichida davlat byudjetidan soha uchun qariyb 1500 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilindi va hududlarning ushbu texnikaga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qoplandi.
Endilikda yurtimizda har 13 ming aholiga bitta maxsus tez yordam mashinasi xizmat koʻrsatadi. Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasini kuzatsak, ularda 20-25 ming kishiga bitta maxsus avtotransport vositasi toʻgʻri keladi. Demak, bu jihatdan mamlakatimiz tibbiyoti xalqaro andozalar darajasiga koʻtarildi. Ayni paytda tez yordam avtoparkini zamonaviylashtirish ishlari tizimli davom etmoqda. 2021-yilgacha “Damas” avtomashinalaridan toʻliq voz kechilib, xalqaro andazalar darajasida jihozlangan zamonaviy tibbiy yordam mashinalariga oʻtiladi. 2019-yil yakuniga qadar barcha tez yordam mashinalarida qulay aloqani, chaqiriqlar uchun mashinani tezkor yoʻnaltirishni taʼminlovchi GPS tizimini toʻliq yoʻlga qoʻyish belgilangan.
Shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash ham 3 barobarga koʻpaydi. Yaʼni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 soʻm miqdorida belgilandi. Bu koʻrsatkich 2016-yilda 748 soʻmni, 2017-yilda 1627 soʻmni tashkil etardi.
Maʼlumki, yurtimizda shoshilinch holatlarda kechiktirib boʻlmaydigan birinchi tibbiy yordam ilgari faqat davlat tibbiyot muassasalarida bepul koʻrsatilar edi. Endilikda mulk shaklidan qatʼi nazar, xoh davlat, xoh xususiy tibbiyot muassasalari boʻlsin, fuqarolarga shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam bepul koʻrsatilishi belgilab qoʻyildi. Bu ham aholi uchun katta qulaylikdir. Qolaversa, shoshilinch yordam koʻrsatish xizmatlari tizimida sall-markazlar tashkil etilib, u yerda shifokorlar faoliyat yuritishi, “tez yordam” mashinalari GPS-moslamalari bilan jihozlanishi xalqimizning salomatligini muhofazalashda muhim omil boʻlmoqda.
Kechikish sabablari nimada?
Shoshilinch tibbiy yordam tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar muayyan natijalarni berayotgani, bu aholining barcha qatlamiga malakali tibbiy yordam koʻrsatish qamrovini kengaytirayotgani quvonarli hol. Biroq, hali sohada yechimini kutayotgan muammolar ham yoʻq emas. Xususan, “tez yordam”ning chaqiriq joyiga kechikib borish holatlari uchrab turadi.
Xoʻsh, davlat tomonidan barcha zamonaviy sharoitlar yaratilayotgan, “tez yordam” xizmati avtotransport taʼminoti borasida rivoj­langan davlatlar koʻrsatkichidan ham yuqori darajaga koʻtarilgan boʻlsa, nega yana bunday muammo kun tartibiga koʻtarilmoqda, degan savol tugʻilishi tabiiy. Mavjud holat oʻrganilganda, asossiz va yolgʻon chaqiriqlar, “tez yordam” mashinalariga yoʻl bermaslik yoki koʻchalar, xonadonlarga kirish yoʻllarining toʻsib qoʻyilgani“tez yordam” xizmati sifatiga jiddiy toʻgʻonoq boʻlayotgani aniqlandi. Zero, tez tibbiy yordam xizmatida vaqt eng qadrli mezon hisoblanib, har bir daqiqa bemor uchun hayot-mamot masalasidir.
Qancha vaqt belgilangan?
– Tez tibbiy yordamga tushgan chaqiriqlar ustuvorlik boʻyicha ikki guruhga ajratiladi, – deydi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokor oʻrinbosari Ilhom Aslonov. – Bemorning hayoti va sogʻligʻiga jiddiy xavf soladigan jarohatlar va kasalliklar, yaʼni, yoʻl-transport hodisalari, balandlikdan yiqilish, favqulodda holatlar, bemorning hushdan ketishi, turli shok holatlari, profuz qon ketishi, tugʻruq, terining termik kuyishi yoki sovuq urishi,bemorning kimyoviy moddalar yoki dori vositalaridan oʻtkir zaharlanishi, tok urishi shoshilinch holatlar hisoblanib, bunday chaqiriqlarga 20 daqiqadan kechikmay yetib borish zarur.
Maʼlum boʻlishicha, ikkinchi toifaga shoshilinch boʻlmagan, biroq tezkor tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlgan chaqiriqlar kiradi. Bemorning yurak ritmi buzilishi (aritmiya), astma xuruji, harakat faoliyatining toʻsatdan buzilishi, oʻrta va yengil tan jarohatlari, allergiya, bosh ogʻrigʻi, qorin, koʻkrak qafasidagi ogʻriqlar, psixikaning oʻtkir buzilishi, buyrak xuruji, qusish, toshma, yuqori isitma (peroral dori vositalari qoʻllanilganda ham isitma tushmasa), oʻtkir peshob ajralmasligi holatlari boʻyicha “tez yordam” chaqirilganda, 30 daqiqa ichida yetib borib tibbiy yordam koʻrsatish lozim.
Asossiz chaqiriqlar
– Bugungi kunda“tez yordam”ga tushayotgan chaqiriqlarning 30-40 foizi bu toifalarning hech biriga toʻgʻri kelmaydigan asossiz chaqiriqlardir, – deya soʻzida davom etadi Ilhom Aslonov. – Aksariyat holatlarda u yoki bu surunkali kasalligi bor bemorlar goh qon bosimini oʻlchatish, gohida qaysidir ukolni qildirish uchun ham“tez yordam”ni chaqiraveradi. Yiliga ming marotabadan koʻp murojaat qilgan shunday bemorlar ham bor. Aslida, ular oilaviy polik­linikasi yoki qishloq vrachlik punktiga murojaat etib, umumiy amaliyot shifokori tavsiya­­si asosida muolajalarni uzluksiz tarzda toʻgʻri olib borsa, avvalo, oʻz sogʻligʻi uchun foydali.
Respublika boʻyicha chaqiriqlarning atigi 15 foizi gospitalizatsiya qilinishi, yaʼni bemor shifoxonaga olib ketilishi, 85 foiziga esa joyida xizmat koʻrsatilishi ham“tez yordam” chaqiradiganlarning aksariyati aslida tez yordamga muhtoj emasligini anglatadi. Agar xalqaro tajribaga nazar solsak, masalan, Yevropada chaqiriqlarning 85 foizida gospitalizatsiya qilinadi.
Yolgʻon qoʻngʻiroqlar ham uchrab turadi. Bunday vaziyat oddiy chaqiriqdan koʻra koʻproq vaqt oladi, shifokor ham, tibbiy yordam mashinasi ham band boʻlib qoladi. Bunday vaziyatda shu atrofda yashaydiganlarni kunning qaysi mahali boʻlishidan qatʼi nazar, bezovta qilib, soʻrab-surishtirib, bunday manzil haqiqatda mavjud emasligini tasdiqlatish kerak boʻladi.
“Tez yordam”ga yoʻl boʻshatish ham hal qilinishi lozim boʻlgan muammolardan biri. Taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda yoʻllarda“tez yordam” mashinalari uchun alohida yoʻlaklar barpo etilgan. Bu yoʻllar doimo ochiq turadi. Shu bilan birga, “tez yordam”ga yoʻl boʻshatib berish boʻyicha haydovchilarda masʼuliyat ham, madaniyat ham yuqori.
Mamlakatimizda keyingi yillarda bunyodkorlik ishlari jarayonida bu masalalarga alohida eʼtibor qaratilayotgani quvonarli hol, albatta. Ammo qilinishi kerak boʻlgan ishlar ham talaygina. Chunki, yoʻllarimizda“tez yordam” mashinasiga yoʻl bermaslik holatlari tez-tez uchraydi. Qachonki, mashina chaqiruv signalini yoqsagina, yoʻl boʻshatilishi mumkin. Chaqiruv signaliga parvo qilmaydiganlar ham yoʻq emas.
Holbuki, bu hayotda hech bir inson tasodifiy baxtsiz hodisalardan, sogʻligʻi bilan bogʻliq muammo yuz berishidan kafolatlanmagan. Shunday ekan, oʻzining va oʻzgalarning sogʻligʻi uchun hamisha eʼtiborli va masʼuliyatli boʻlish insoniylikning muhim qoidasidir.
Salomatlikni himoyalash kuchayadi
Barchamizga yaxshi maʼlumki, tibbiyoti taraqqiy etgan aksariyat mamlakatlarda aholiga tez va shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatish tizimida ham pulli xizmat yoki tibbiy sugʻurtadan foydalaniladi. Mamlakatimizda esa bu xizmat davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Har bir chaqiriq narxi davlatga 75-80 ming soʻmga tushadi. Keyingi yillarda bu xizmatni moliyalashtirish hajmi ortib bormoqda. Soha rivojiga kelgusi 3 yil davomida 604,2 milliard soʻm yoʻnaltirilishi, shu bilan birga, 2020-yildan eʼtiboran tez tibbiy yordam xizmati aviatsiya texnikasi bilan ham taʼminlanishi koʻzda tutilayotir.
Bundan tashqari, jahon tajribasidan kelib chiqib paramediklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Qolaversa, “tez yordam” xizmati va tibbiyotning birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish va muvofiqlashtirish ham doimiy eʼtiborda. ­Keyingi yillarda bir qator qishloq oilaviy poliklinikalarida“tez yordam” shoxobchalari ochildi. Albatta, ana shunday muhim islohotlardan maqsad, avvalo, xalqimizning manfaatlarini muhofazalash, salomatligini himoyalashdir.
Barchaning burchi bor
Milliy maʼnaviyatimizni aslo kamsitmagan holda chet elliklardan ham ibrat oladigan baʼzi jihatlarga eʼtiboringizni qaratishni istardim. Xorijliklar“tez yordam”ga murojaat qilar ekan, operatorning bemorning ahvoli boʻyicha soʻragan har bir savoliga aniq-tiniq javob berishga harakat qiladi. Masalan, bemorning hayotiy koʻrsatkichlari – tana harorati, qon bosimi, tomir urishi va boshqa maʼlumotlarni berishga harakat qiladi. Bu hol, avvalo, bemor uchun oʻta foydali. Chunki, shoshilinch vaziyatlarda har bir lahza gʻanimat. Oʻz vaqtida, toʻgʻri yondashuv asosida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish koʻp hollarda bemor taqdirida hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Bizda-chi? Operator bemorning yaqinidan bemorning ahvoli haqida soʻrasa, “men qayerdan bilaman, tezroq yetib kel”, deya dagʻdagʻa qilishdan qaytmaydiganlar ham bor. Baʼzilar esa “tez yordam”ni tashvishga qoʻyganidan iymanibgina “bemorimizning biroz toblari qochdi”, deya murojaat qiladi. Aslida, vaziyat ancha jiddiy boʻladi. Har qanday holatda ham yurtimizda ijtimoiy adolat prinsipi ustuvor. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi. Shu bois, “tez yordam” hamisha xizmatingizga hozir. Faqat bu xizmatdan foydalanar ekanmiz, davlatimiz bu borada yaratib berayotgan imkoniyatlarga javoban masʼuliyatli, eʼtiborli boʻlsak kifoya.
Manba uza.uz
Posted in Yangiliklar | “Tez yordam” chaqirishning ham oʻz mavridi va madaniyati borda fikr bildirishni o'chirish

Bir kishi uchun 3700 so‘m – QVP va oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmat, dori-darmon, tibbiy buyumlar uchun ajratilgan xarajatlar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish rejalari, hududiy shifoxonalar muammolari, bepul buyurtmalar olish tartibi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilash, sohani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari haqida ma’lumot berildi. Continue reading

Posted in Yangiliklar | Bir kishi uchun 3700 so‘m – QVP va oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmat, dori-darmon, tibbiy buyumlar uchun ajratilgan xarajatlarda fikr bildirishni o'chirish

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qanday kasallik?

     Qrim-Kongo gemorragik isitmasi tabiyi uchoqli kasallik hisoblanadi. Kasallik bilan hayvonlar zararlangan, sog‘ hayvonlarga o‘tishi mumkin bo‘lgan hudud kasallik uchog‘i deyiladi. Agar kasallik uchog‘i tabiatda odamlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa, bu joy kasallikning tabiiy uchog‘i deb ataladi. Tabiy o‘choqda yashovchi yovvoiy hayvonlar-chul sichqonlari, tipratikonlar, yumronqoziqlar, quyon, tulki kabilar kanalarning yil davomida yashab ko‘payishiga imkon yaratadi, kanalar esa o‘z navbatida tanasida kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan viruslarni saqlaydi. Ko‘rinib turibdiki, tabiatda kasallik o‘choqlari saqlanib qolishi chorvachilikning rivojlanganligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas. Continue reading

Posted in Yangiliklar | Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qanday kasallik?da fikr bildirishni o'chirish