Funksiya va vazifalari

BUXORO VILOYAT HOKIMLIGI SOG’LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI TO’G’RISIDA NIZOM

 Mazkur Nizom «Fuqarolar sog’liqni saqlash to’g’risidagi «O’zbekiston Respublikasiniig Qonuni» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbeki­ston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat Dasturi to’g’risida «1998 yil 10 noyabryadagi PF-2107-son Farmonidan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 14 yanvardagi 18-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Sog’liqni saqlashni boshqarish hududiy organi maqomini, vazifalarini, fukstiyalarini, vakolatlarini va uning faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.

Sog’liqni saqlashni boshqarish organi ( keyingi o’rinlarda Boshqarma deb ataladi) Respublika sog’liqni saqlashni boshqarish organlari yagona tizimidagi xududiy bugun hisoblanadi va u o’z faoliyatida viloyat hokimliga va O’zbekisgon Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga buysunadi.

Boshqarma o’z ishini davlat boshqaruvi organlari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiradi.

Boshqarma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga, qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari­ga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiiing farmonlari va farmoyishlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishariga, Sog’liqni saqlash vazirligining normativ hujjatlariga, viloyat hokimligining hujjatlariga, boshqa normativ hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.

Boshqarma mulkchilik shakllaridan qatiy nazar, tasarrufidagi hududda joylashgan sog’liqni saqlash muassasalarini o’z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilinishiga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi, sog’liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini hamda tartibga solishni amalga oshiradi.

Nizomni to’liq shaklda yuklab olish