VAZIR O‘RINBOSARI B. YUSUPALIYEV – BUXORODA (2-xabar)

Kecha, 14 yanvar kunning ikkinchi yarmida Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev rahbarligidagi guruh birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyati, aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash, tibbiy profilaktika hamda boshqa masalalar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatining Vobkent tumanida bo‘ldi.



Vazir o‘rinbosari dastlab “Shifokor” MFY hududidagi Ziyo ko‘chasining ayrim xonadonlariga tashrif buyurib, xonadon a’zolari bilan suhbatlashdi. Fuqarolar ulardan hol-ahvol so‘rab turishgani uchun mahalla faollari, tibbiy patronaj xodimlaridan minnatdor ekanliklarini, sog‘lom ovqatlanishga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga e’tibor qaratilayotgani uchun davlatimiz va hukumatimiz rahbariyatiga tashakkurlarini izhor etishdi.

Shu kuni B. Yusupaliyev tuman “Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish shtabi” a’zolari, Buxoro davlat tibbiyot institutining Vobkent tuman markaziy kasalxonasida tashkil etilgan Regional kafedrasi talabalari bilan ham uchrashdi. Pirovardida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘. Saidov, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i  Shuhrat Rajabov va boshqa mas’ullar bilan birgalikda tumanda sog‘liqni saqlashning umumiy ahvolini tahlil qilib, tegishli xulosalarini berdi.

Buxoro viloyat SSB Axborot xizmati.

 

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.