VAZIR O‘RINBOSARI BUXORONING ENG CHЕKKA  OLOT TUMANIDA SOG‘LIQNI SAQLASH AHVOLINI O‘RGANMOQDA

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatovning Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy sanitariya holati, xususan, oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalarning aholi bilan ishlash darajasi, Prezidentning 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosini o‘rganish maqsadidagi safari davom etmoqda. Vazir o‘rinbosari bugun olis hudud – Olot tumaniga keldi.
Amrillo Inoyatov dastlab tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Guliston” OSHPga bordi. Mazkur tibbiy muassasa 7512 nafar  aholiga xizmat ko‘rsatadi. Xonadonlar soni – 1482 ta. Bu yerda 2 nafar oila shifokori va 13 nafar patronaj hamshirasi tibbiy brigadalarda tibbiy xatlov jarayonlarini amalga oshirmoqda.
<Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Rustam Xusainov, OSHP mudiri Lochin Xodjayev va shifokor Mavluda Saidovalar bu yerda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat  “Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish shtabi” a’zolariga ma’lumot berdilar.Vazir o‘rinbosari Olot TTBga qarashli “Guliston” OSHPdagi tibbiy brigadalar faoliyati, oilaviy shifokorlar va oilaviy hamshiralar tomonidan o‘tkazilayotgan tibbiy xatlov jarayonlari bilan tanishdi hamda mahalliy shifokorlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

(Tashrif haqida kanalimizda yana qo‘shimcha xabar beriladi).

Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.