Qorovulbozor shifokorlari huzurida

Qorovulbozor tumani Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani Qashqadaryo vohasi bilan qo‘shni bo‘lgan olis sahro kengliklarida joylashgan manzillaridan biridir. Qachonlardir boshqa tumanlardan infratuzilmasi ortda bo‘lgan mazkur tumanda bugungi kunda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayotir. Bu jarayonlar tibbiyot sohasiga ham qator yangilanishlarni olib kirayotgani ham sir emas.

Buxoro viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘afur Saidovning tizimga qarashli davolash profilaktika muassasalariga tashrifi davom etmoqda. Bu gal u Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasiga keldi. Unga boshqarmaning bosh akusher-ginekologi Nodir Jo‘raev hamroh bo‘ldi.

An’anaga ko‘ra, boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-sonli Farmoni va boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan birlashmada bajarilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Bu yerdagi mavjud bo‘limlar faoliyati, kadrlar salohiyati, onalik va bolalik muhofazasi, birlamchi tibbiy sanitariya bo‘g‘inidagi ishlar, davolash va diagnostika yutuqlari hamda muammolarini o‘rgandi.

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ilhom Bozorov Davlat dasturlari ijrosi hamda boshqa me’yoriy hujjatlar asosida qilinayotgan ishlar haqida axborot berar ekan, galdagi vazifalarga ham urg‘u berdi.


G‘.N.Saidov shifokorlar bilan suhbatlasharkan, ularga sohaga aloqador hujjatlarda belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati haqida gapirdi. Bugungi tibbiyot kechagisidan keskin farq qilishini, davr soha xodimidan doimiy ravishda izlanishni talab etishini ta’kidlagan rahbar oq xalat egalarini xorijda malaka oshirishga hamda ilmiy yo‘nalishda o‘zlarini namoyon etishlariga da’vat etdi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan suhbatda boshqarma boshlig‘i mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Buxoro viloyat SSB axborot xizmati

 

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.