Olis tumanda mahorat darsi

* Ginekologiya

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan joriy yil 7 yanvar’ kuni Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh akusher-ginekologi Nodir Jo‘raev viloyatning olis hududlaridan biri – Qorako‘l tumaniga keldi. Tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan yosh akusher-ginekologlar bilan uchrashib, ular ishtirokida soha uchun bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mavzularni muhokama qildi.


Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda 30 yoshdan oshgan ayollarda bachadon miomasi kasalligi uchrashi aniqlangan. Bachadon miomasi ko‘pincha simptomlarsiz o‘tadi. Shuning uchun ko‘pchilik o‘zida bunday xastalik mavjudligi haqida bexabar bo‘ladi. Kasallikning o‘tib ketishi esa aksar hollarda noxush holatlar bilan yakunlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Shu kuni tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan master-klass bahonasida bir bemorda ginekologiya sohasida eng aktual hisoblangan bachadon ekstirpasiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bemor organizmida bachadon miomasi tufayli uzoq vaqtdan buyon qon ketishlar kuzatilgan bo‘lib, jarrohlik amaliyotidan so‘ng ayoldagi asoratlangan a’zo bartaraf etildi.

Mahorat darsini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislar jarrohlik amaliyotini o‘tkazish jarayonida nimalarga ko‘proq ahamiyat qaratishlari lozimligi, operatsiyaning muvaffaqiyat omillariga asosan nimalar bog‘liqligini bilib oldilar.

Buxoro viloyat SSB axborot xizmati

 

 

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.