Sport – sogʼliq garovi

Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori Oʼzbekistonda ham aholining sogʼligʼi, jismonan salomatligi, sogʼlom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini koʼrsatdi.

COVID-19 koronavirus pandemiyasi bilan kurashda tibbiyot xodimlari chin maʼnoda qaxramonlik koʼrsatdi.

Bugun, erta tongdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali hamda filial Kasaba uyushmasi tomonidan sogʼlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish turli sport musoboqalari tashkil etildi.

Unda filialning 300 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari oʼzaro kuch sinashdi.

Dastlab, sport tadbirini Buxoro viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi Gʼafur Saidov kirish soʼzi bilan ochib berdi.

Soʼng ishtirokchilar jamolarga boʼlingan holda bahsga kirishdi.


Sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, gimnastika, turnik turlari boʼyicha oʼtgan baxslarga erkaklar oʼrtasida Mirshod Shamsiev, Orzibek Boltaev, Maʼruf Toxirov hamda ayollar oʼrtasida Zilola Sadieva, Latofat Teshaevalar gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.



Gʼoliblarni RShTYoIM Buxoro filiali rahbari Tohir Musaeva qutladi.


Sovrindorlar filialning qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi.




Buxoro SSB axborot xizmati

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.