Бухоро вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси собиқ бошлиғи янги лавозимга кузатилди

Bugun ertalab soat 9.00 da viloyat hokimligi sogʼliqni saqlash boshqarmasi majlislar zalida boshqarmaga yangi tayinlangan rahbar Gʼafur Normurodovich Saidovning ishga kirishishi va sobiq rahbar Ilhom Islomovich Narzievni ishdan kuzatishga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
 Yigʼilishni viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari M. Hamroev ochib berdi va Gʼ.N. Saidovni boshqarma apparati xodimlariga tanishtirdi.

Shuningdek, u I. Narzievning rahbarlik davridagi xizmatlari, u boshqa ishga oʼtayotganligi sababli oʼz xohishiga koʼra ariza yozib, vazifasidan ozod etilganligi haqida gapirdi.

Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi vakili, Respublika urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Shuhrat Tursunovich Muxtarov ishtirok etdi.

Бошқарма ахборот хизмати

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.