Viloyat rahbari shifokorlar bilan onlayn muloqot qildi

Bugun, 23 sentyabr kuni viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarov viloyat hokimligi, sogʼliq saqlash boshqarmasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti mutasaddilari, shuningdek, shahar va tumanlardagi tibbiyot muassasalari, taqsimlash markazi masʼullari bilan “Zoom” internet dasturi orqali onlayn tarzda muloqot oʼtkazdi.

Muloqotda viloyatda koronavirus infektsiyasi tarqalishi bilan bogʼliq epidemiologik vaziyat muhokama etildi. Masʼullar kasallik koʼrsatkichlari, davolanayotganlar soni va bu borada yaratilgan zaxira oʼrinlari boʼyicha hisobot berishdi. Аholi murojaatlari, tibbiy vositalar, dori-darmon, kislorod taʼminoti boʼyicha holat tahlil qilindi.

Viloyat rahbari mutasaddilarga vaziyatning haqiqiy holatini real vaqt rejimida nazorat qilib, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etib borish boʼyicha qatʼiy topshiriq berdi. Davolash ishlarini sifatli va xavfsiz tashkil etish, shu bilan birga, kasallik yuqishining oldini olish muhimligini taʼkidladi.

Buxoro.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.