Mutaxassis Oʼzbekiston ommaviy immunitet hosil qilish yoʼli bilan koronovirusga qarshi kurashmasligini maʼlum qildi

Mutuxassis, koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Аbdusamatova Oʼzbekistonda jamoaviy immunitet hosil qilish orqali koronovirusga qarshi kurash yoʼli tanlanmasligini maʼlum qildi.

Mutaxassis bu ham kasallikka qarshi kurashishning bir yoʼli boʼlishiga qaramay, xavfli usul ekanini aytdi. Ommaviy immunitet shakllanishi uchun aholining 60-80 foizi kasallanib sogʼayishi kerakligi ham maʼlum qilindi.

“Koʼplab odamlarning hayotini, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi: surunkali kasalliklari bor, yoshi kattalar, homiladorlar va bolalarni xavf ostiga qoʼyishimiz mumkin”, – deydi Аbdusamatova.

Mutaxassis bu jarayonni amalga oshirishi uchun bir necha yillar kerakligini aytib, epidemiyaning oldi olinmasa, infektsiya tarqalishi rivojlanib ketishini taʼkidladi.

“Oqibatda kasallanish holatlari ortib ketadi, buning natijasida klinikalarda bemor koʼpayib, sohaga bosim ortadi, oʼlim soni ortadi. Shuning uchun ushbu yoʼlni Oʼzbekiston hech qachon tanlamaydi. Аksincha pandemiyani nazoratda ushlab turib koʼp vaqt davomida kamroq odamlar kasal boʼlishiga erishishimiz mumkin”, – deya qoʼshimcha qildi Аbdusamatova.

everyday.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.