Germaniyalik tibbiyot mutaxassislari Buxoroda

Bugun bir guruh germaniyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashishga koʼmaklashish maqsadida Buxoroga yetib kelishdi.

 Zamonaviy tibbiyotda erishgan yutuqlari tufayli jahonda yetakchilar safida tilga olinadigan Germaniya davlatining Robert Kox instituti, Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi, Dyusselьdorf va Frankfurt-Mayn universitetlari klinikalari ekspertlaridan iborat mutaxassislar Buxoroda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonida bevosita qatnashib, zarur tavsiyalar berishadi. Bu haqda batafsil axborot berib boramiz.

buxoro.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.