Elektron hisobvaraq-faktura: qulay va kamxarj

Elektron hisobvaraq-faktura: qulay va kamxarj

Buxoro viloyatida joriy yilning 1-yanvar holatida elektron hisobvaraq-faktura yuritgan korxonalar soni 145 taga yetdi. Joriy yilning 31-yanvar holatida esa ularning soni 2 ming 735 tani tashkil etdi.

2020-yil 26-may holatida esa viloyat boʻyicha jami 7 439 ta korxona tomonidan hisobvaraq-faktura elektron tarzda joʻnatildi.
Mazkur subyektlar tomonidan qogʻoz shakldagi hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilganda 135 ming 618 dona yoki oʻrtacha 677 kiloga yaqin qogʻoz sarflanar ekan.
Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, endilikda qogʻoz shaklidagi hisobvaraq-faktura uchun sarflanadigan vaqt va xarajat ancha qisqardi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra 2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimini majburiy tartibda joriy etilishi belgilangandi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugungi sinovli kunlarda, elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish oʻzining afzalliklarini namoyon etdi. Eʼtiborlisi, soliq toʻlovchilar qogʻoz koʻrinishidagi odatiy hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish, yaʼni chop etib kontragentga yuborish, imzolab qaytarib olib kelish uchun 3 kundan 10 kungacha vaqt sarflashdan koʻra, elektron hisobvaraq-fakturalar tizimi orqali ularni 5-10 daqiqada rasmiylashtirishni maʼqul koʻrmoqda.
uza.uz
This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.