Oʼzbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqladi

Ўзбекистоннинг «Koronаvirus info» каналини Telegram расман тасдиқладиYurtimizda koronavirus infektsiyasining tarqalishi va unga qarshi koʼrilayotgan choralar boʼyicha aholini toʼgʼri, xolis va aniq maʼlumotlardan tezkor xabardor qilish juda muhim. Аyni shu maqsadda «Koronavirus info» (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali ochilgan edi.

Telegram kompaniyasi bugun mazkur kanalga koʼk rangdagi «verified» (tasdiqlanganlik) belgisini berdi, deb yozadi bloger Xushnudbek Xudoyberdiev.

Taʼkidlash kerakki, «Koronavirus info» kanali Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan.

Ushbu kanal maʼlumotlarida koʼrsatilishicha, aloqa uchun @bot_askcoronauz botidan, shuningdek, 71 276-49-66 hamda 1003 telefon raqamlaridan foydalanish mumkin.

Barcha OАV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanalni birinchi manba sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz, deb yozadi bloger.

terabayt.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.