Sogʼliqni saqlash vazirligi: KORONАVIRUS INFEKTSIYASIGА CHАLINGАN BEMORLАRNING АHVOLI HOZIRCHА QONIQАRLI DАRАJАDА

altKoronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish borasida zarur choralar koʼrilmoqda. Jumladan, epidemiologik surishtiruv hamda kasallik tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar toʼliq amalga oshirilmoqda.

– Hozirga qadar koronavirus infektsiyasi qayd etilgan 6 nafar bemor  klinikamizda yotqizilgan. Ular Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʼra, belgilangan stantdartlar asosida davolanmoqda, – deydi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboev. – Bemorlar shifokorlar tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan. Umumiy ahvoli doimiy kuzatuvga olingan. Аyni paytda bemorlarimizning ahvoli qoniqarli.

Shu oʼrinda taʼkidlash kerakki, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish va ushbu infektsiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, tibbiyot muassasalari zarur dori-darmon vositalari hamda  mutaxassislar bilan yetarli darajada taʼminlangan. Shu bois aholidan vahimaga berilmasdan, shaxsiy gigiena qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini soʼrab qolamiz.

ssb.uz telegramm kanali

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.