Koronavirus haqida eng keng tarqalgan 10 mish-mish!

1️⃣ Kuchli spirtli ichimlik ichilsa virus halok boʼladi.
Spirtli ichimlik ichish virusga taʼsir qilmaydi. Faqatgina 75% dan yuqori boʼlgan spirtgina viruslarni oʼldirishi mumkin, shunda ham faqat teri yuzasida. Isteʼmol qilingan kuchli spirtli ichimlik tanaga singishi mumkin, lekin virusni oʼldirmaydi.

2️⃣ Uy havonlari virusni tarqatadi.
Hozirgacha uyda saqlanadigan mushuk va itlarning koronavirus bilan zararlanish holati kuzatilmadi, shu bois ularni uydan «badargʼa» qilishga hojat yoʼq.

3️⃣ Antibiotiklar virusdan himoyalanishda yordam beradi.
Afsus, antibiotiklar bakteriyalarga qarshi kurashda yordam beradi, viruslarda esa ular foydasiz.

4️⃣ Bir necha qavat maska taqish virusdan himoyalashda yordam beradi.
Niqoblardan N95/KN95 turi yoki umumiy jarrohlik niqoblaridan foydalanish tavsiya etiladi. Niqobning bir qavati yetarli, uzoq vaqt bir necha qavat niqob taqilganda kislorod yetishmasligi oqibatida organizmda gipoktsiya holati kuzatiladi.

5️⃣ Virus faqat qariyalarni zararlamoqda.
Toʼgʼri, immuniteti yaxshi yosh organizmning zaralanishi oson emas. Lekin bu ular zararlanmaydi degani ham emas. Yoshidan qatʼiy nazar har qanday yosh egasi oʼzini himoya qilishi kerak. Koronaviruslar nafas olish yoʼlari orqali yuqadi, shuni har doim hisobga olgan holda harakat qilish lozim.

6️⃣ Tamaki orqali virusdan himoyalanish mumkin.
Chekish hech qanaqasiga foyda bermaydi. Aksincha u ayni koronovirus vaqtida nafas olish yoʼllarini zararlantiradi, yurak va buyrak faoliyatiga salbiy taʼsir qiladi, organizmning virusga qarshi kurash tizimini sustlashtirib virus yuqish ehtimolini oshiradi.

7️⃣ Tashqariga chiqqanda maxsus koʼzoynaklar taqish virusdan himoya qiladi.
Bunga hojat yoʼq. Bunday maxsus koʼzoynaklar bemorlar bilan ishlayotgan professional doktorlar uchun qoʼllaniladi.

8️⃣ Ishlatilgan niqobni dezinfektsiyalasa boʼladi.
Niqoblar bir martalik ishlatish uchun ishlab chiqarilgan boʼlib, ularni ishlatib boʼlgach tashlab yuborish kerak. Ular aslida viruslarni toʼsa olmaydi, balki havodagi virus boʼlgan odam nafas yoʼllaridan chiqayotgan suv tomchilaridan himoya qilish uchun taqiladi.

9️⃣ Piyoz va isiriq koronavirusda foyda beradi.
Piyoz tarkibidagi fitonsidlar bakteriyalarni oʼldiradi, lekin viruslarni emas. Isiriq haqida ham shunday deyish mumkin.

Banandan koronavirus tarqalmoqda.
Haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan asossiz gap, boisi koronaviruslar oʼsimliklarda yashamaydi. Ular faqat hayvonlarda boʼladi. Hozirgi 40 turdagi koronavirusning 7 tasi odamlarga yuqishi aniqlangan. Ularning barchasi odamga hayvonlardan yuqqan.

Аxborot xizmati

https://t.me/buxvssbuzofficial

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.