Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti: koronavirusdan himoyalanish boʼyicha zarur tavsiyalar…

▪️Koʼpgina viruslar, jumladan koronavirus ham dezinfektsiyalovchi eritmalarda oʼladi. Shaxsiy gigienaga qatʼiy amal qiling;
▪️Qoʼllaringizni tez-tez yuving. Doimiy foydalanadigan buyumlaringizni ham toza saqlang. Virusni nafaqat havo-tomchi, balki kontakt usulida ham yuqishini hisobga olsak, qoʼllarga dezinfektsiyalovchi, spirtli eritmalar bilan ishlov berish ham yaxshi samara beradi. Telefon, klaviatura, eshik tutqichlari, lift tugmalari, doʼkonlardagi aravalar tutqichlari epidemiologik jihatdan xavfli boʼlishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ularni ushlamaslikka harakat qiling. Ushlasangiz qoʼlingizni spirtli gelь bilan tozalang, sovunlab yuving;


▪️Yuz-koʼzingizga yuvilmagan qoʼllaringizni tekkizishdan saqlaning. Chunki virus nafaqat burun yoki ogʼiz, balki koʼz shilliq pardalari orqali ham yuqadi;
▪️Tibbiy niqobdan foydalaning. Niqoblarni ham vaqti-vaqti bilan almashtirib turing. Ishlatilgan niqobni yechgach, qoʼllarni yuvishni unutmang;
▪️Аksirish yoki yoʼtalish vaqtida ogʼizni qoʼl bilan emas, bir martalik salfetka bilan yoping;
▪️Qoʼl berib soʼrashish va quchoqlab koʼrishishdan cheklaning;

▪️Imkon qadar umumiy ovqatlanish joylariga borib ovqatlanmang.

Ахборот хизмати

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.