Sogʼliqni saqlash vazirligi: АYNI PАYTDА YURTIMIZDА KORONАVIRUSGА CHАLINGАN BEMORLАR OLTI NАFАRNI TАSHKIL ETMOQDА

altАvval xabar qilganimizdek, ayni paytda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar toʼliq amalga oshirilmoqda.

Soʼnggi maʼlumotlarga koʼra, koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar 6 nafarga yetdi.

Maʼlumki, shu yilning 15 mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Frantsiyada boʼlib qaytgan bir nafar Oʼzbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infektsiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik. Tahlil natijalari bemorning oʼgʼli va qizida koronavirus infektsiyasi borligini koʼrsatgan edi. Аyni paytda ushbu fuqaroning turmush oʼrtogʼi va nabirasida ham koronavirus infektsiyasi qayd etilgan.

Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni soat 05:15 da “Oʼzbekiston havo yoʼllari” avia kompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yoʼnalishidagi 274- reys bilan kelgan Oʼzbekiston fuqarosida ham ushbu infektsiya aniqlangan.

Bemorlar bilan muloqotda boʼlganlarning roʼyxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat oʼrnatildi.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar boʼyicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

ssv.uz  telegram kanal

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.