Vobkent tumanida «Yangi koronavirus kasalligi» boʼyicha oʼquv oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi raisi tomonidan 2020 yil 28 yanvardagi Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining kun tartibida koʼrib oʼtilgan “Koronavirus”  infektsiyasi bilan kasallanish boʼyicha respublikadagi epidemik vaziyat, ushbu kasallikni Oʼzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va tarqalishini  oldini olish boʼyicha amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar toʼgʼrisidagi 1-sonli yigʼilish bayoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020 yil 3 fevraldagi 3-sonli tashkiliy koʼrsatma xati ijrosini taʼminlash maqsadida, Vobkent tumanida “Yangi koronavirus kasalligi aniqlanganda Buxoro viloyat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi Vobkent tuman filiali, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Vobkent tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda Vobkent tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʼquv mashqlari boʼlib oʼtdi.

  Oʼquv mashqlari quyidagi bosqichlarda oʼtkazildi:
1. “Yangi koronavirus kasalligining oldini olish, yuzaga kelganda oqibatlarini bartaraf etish” mavzusidagi maxsus-taktik oʼquv mashqini oʼtkazish tartibi bilan tanishtirish va “Yangi koronavirus”  kasalligi toʼgʼrisida maʼlumot. (seminar-maʼruza)
2. “Yangi koronavirus” kasalligiga chalingan bemor murojaat qilganda, Yuqumli kasalliklar boʼlimi qabulxonasi xodimlarining harakatlari va xabarlash tartibi.
3. “Yangi koronavirus” kasalligiga chalingan bemorga tashhis qoʼyish uchun maslahat guruhining harakatlari.
4. “Yangi koronavirus” kasalligiga chalingan bemordan laborator tahlil (qon) namunalarini olish va Buxoro viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga qarashli Virusologiya laboratoriyasiga yuborish tartibi.
5. “Yangi koronavirus” kasalligiga chalingan bemorni evakuatsiya qilish tartibi.
6. “Yangi koronavirus” kasalligiga chalingan bemor evako-transportirovka qilingan maxsus avtotransport vositasini dezinfektsiya qilish tartibi.
7. “Yangi koronavirus” kasalligiga chalingan bemorni gospitalga joylashtirish, alohidalash, parvarishlash, birinchi tibbiy yordam koʼrsatish tartiblari, gospitalning umumiy tuzilishi.
8. “Yangi koronavirus” kasalligiga gumon qilingan va muloqotda boʼlganlarni alohidalash, parvarishlash, tibbiy yordam koʼrsatish tartiblari, provizor gospitalning umumiy tuzilishi.
9. “Yangi koronavirus” kasalligiga chalingan, gumon qilingan va muloqotda boʼlganlarga tibbiy yordam koʼrsatgan tibbiyot xodimlari ustidan nazorat oʼtkazish tartibi.
Oʼquv mashqlariga jami 197 nafar ishtirokchi, 44 nafar kuzatuvchi, 3 nafar tuman hokimligi shtabi aʼzolari, 3 nafar viloyat nazorat tashkilotlari rahbarlari va 4 ta texnika jalb etildi.
Oʼquv mashqlari tuman hokimligi shtabi va viloyat nazorat tashkilotlari xodimlari tomonidan “Tayyor” deb baholandi.
Oʼquv mashqlari yakunida ishtirokchilarga quyidagi takliflar berildi::
– shaxsiy tibbiy himoya vositalarini yangilash;
– shaxsiy tarkibni tibbiy asbob-anjomlar va dori-darmonlar zahirasi bilan toʼliq taʼminlash va koronavirus kasalligi aniqlanganda harakat qilish rejalariga aniqliklar kiritish.

Boshqarmaning axborot xizmati

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.