Sogʼliqni saqlash vazirligi: MULOQOT QILISh QOIDАLАRINI BUZGАN XODIM QАTTIQ OGOHLАNTIRILDI

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sogʼliqni saqlash vazirligining tegishli raqamiga qoʼngʼiroq qilgan murojaatchiga nisbatan vazirlik xodimi jiddiy munosabatda boʼlmagani aks etgan audioyozuv yuzasidan vazirlik tomonidan zarur choralar koʼrilganini maʼlum qiladi.
Jumladan, ushbu masala yuzasidan Sogʼliqni saqlash vazirligining majlisi oʼtkazildi. Unda murojaatchilar bilan muloqot qilish tartib-qoidalariga rioya etish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Jumladan, vazirlik tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va ular bilan bevosita hamda aloqa vositalari orqali muloqot qilish tartib qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozimligi qayd etildi.
Barcha tibbiyot muassasalari vakillari Tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksiga rioya etilishi talab etiladi. Shu orqali kasbiy faoliyat hamda xizmatdagi xulq-atvorini baholash, jamiyat oldida oʼz masʼuliyatini his etadigan, vatanparvar, tashabbuskor va zamonaviy bilimlarga ega, yuksak insoniy fazilatlarni oʼzida namoyon etgan mutaxassis ekanligini namoyon etishlari kerakligi aytib oʼtildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv sababchisi boʼlgan xodimga nisbatan qattiq ogohlantirish berildi. Аgar yana shunday holat takrorlanadigan boʼlsa, xodimlarga nisbatan keskin choralar koʼrilishi eslatib oʼtildi.
Manba minzdrav.uz
This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.