RESPUBLIKА IXTISOSLАSHTIRILGАN ONKOLOGIYA VА RАDIOLOGIYA ILMIY АMАLIY TIBBIYOT MАRKАZI BUXORO FILIАLIDА BEMORLАRGА YUQORI MАLАKАLI NEYROONKOLOGIK XIZMАT KOʼRSATIB KELINMOQDА

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2017 y. 2866-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida filial direktori oliy toifali neyroxirurg-onkolog t.f.n. Saidov Gafur Normurodovich rahbarligida
Buxoro viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasining 2018 yil 22 fevral 72 sonli buyrugʼiga asosan 18 oʼringa moʼljallangan neyroonkologiya boʼlimi tashkil qilingan boʼlib, 2018-2019 yillar davomida 170 ga yaqin yuqori texnologik neyrojarroxlik amaliyotlari bajarilib kelinmoqda. Filialda neyroonkologik bemorlarga yuqori malakali tibbiy xizmat koʼrsatish uchun barcha sharoitlar mavjud boʼlib, kompleks davo oʼtkazish maqsadida operatsiyadan keyingi etapda nur terapiya va ximioterapiya muolajalari oʼtkazish imkoniyati mavjud. Bemorlarga yuqori texnologik neyrojarroxlik amaliyotlarini bajarish uchun 2015 yil Yaponiya elchixonasining grant loyixasi bilan olingan Germaniyaning «Zeiss» kompaniyasi operatsion mikroskopidan foydalaniladi. Yaqinda bemor M. 1978-yilda tugilgan. Tashxis: Miyacha chodiring (namyot mozjechka) oʼsmasi, chap yarim shar va IV qorinchaning oʼsma bilan bosilishi. Аsorati: Triventrikulyar okllyuzion gidrotsefaliya. 22.11.2019 yil kuni bemorda filial direktori Saidov Gʼafur Normurodovich raxbarligida “kalla suyagi orka chukurchasi trepanatsiyasi, miyacha chodiri oʼsmasini olish va chap yon qorincha orqa shoxini punktsiya qilish” jarroxlik amaliyoti oʼtkazildi. Operatsiyadan keyingi davr asoratlarsiz kechdi, umum miya belgilari va ataksiya yoʼqoldi. Operatsiyadan keyingi 10-sutkada bemor qoniqarli ahvolda shifoxonadan javob berildi. Hozirda bemor reabilitatsiya etaplarini tugatib oilasiga qaytdi.

SSB axborot xizmati
This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.