Yangi yil tabrigi

Aziz hamkasblar, tibbiyot sohasining fidoyi xodimlari!

Mana, katta o‘zgarishlar va voqealarga boy bo‘lgan 2019 yil bilan xayrlashib, yangi 2020 yilga qadam qo‘ymoqdamiz. Siz, azizlarni,  sizlarning jamoangiz va oilalaringizni   Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Mamlakatimizda barcha sohalar kabi sog‘liqni saqlash tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi uch yil ichida sog‘liqni saqlash sohasini isloh etish bo‘yicha 170dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimiz farmoni bilan 2019–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib,soha taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bugungi kunda tibbiyot tizimidagi yangilanishlar g‘oyatda jadallashgan. Xususan, sohani moliyalashtirish hajmi bir necha barobarga oshirildi. Masalan, 2017 yilda sohaga 7,1 trillion so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2019 yilda sohaga 12,1 trillion so‘m yo‘naltirildi.

Birgina viloyatimizni misol qilib oladigan bo‘lsak, o‘tayotgan yilda Vobkent tuman va Kogon shahar tibbiyot birlashmalari namunaviy tibbiyot markazlariga aylantirildi, tarixda birinchi marta xorijiy klinika – Buxoro-Himchan klinikasi ish boshladi, o‘nlab ko‘p tarmoqli, QVP va QOP binolari yangidan qo‘rildi, bir qator davolash-profilaktika muassasalari qayta shakllantirilib, xizmat ko‘rsatish sifati takomillashtirildi.

Xorijiy davlatlardagi tibbiyot markazlari, institutlar bilan aloqalar, chet elda malaka oshirish va xorijlik taniqli shifokorlarga  halqimiz orasidan ehtiyojmand bemorlarni davolatish ishlari bu yil bir necha baravarga oshdi. Qolaversa, o‘z shifoxonalarimizda ham jahon tibbiyotining zamonaviy metodlari bilan tashxislash, davolash amaliyotlari kengaytirildi, shifokorlar malakasi birmuncha yuqori darajaga ko‘tarildi.

Bugungi kunda viloyatimizda 255 ta tibbiy muassasada 32 ming 628 nafar xodim mehnat qilmoqda, ulardan 4884 nafari vrachlar va 23000 nafarga yaqini o‘rta tibbiyot xodimlaridir. Shifokorlarimiz mehnati Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan e’zozlanmoqda va munosib taqdirlanmoqda. Yaqindagina tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Buxoro shahar TB travmatologiya bo‘limi mudiri Rahmatillo To‘rayev “Fidokorrona xizmatlari uchun”ordeni bilan, Vobkent tuman TB rahbari Askar Bahronov “Shuhrat” medali bilan, Peshko‘ tumanidan xususiy klinika raahbaori To‘raqul Saidov “Do‘stlik” ordeni bilan, Kogon shahar TB pediatr-vrachi Gulnora Safarova 2-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandilar. O‘nlab vrachlarmiz “Sog‘liqni saqlash a’lochisi”ko‘krak nishoni, viloyat xalq deputatlari Kengashining faxriy yorliqlari, hokimlikning qimmatli sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘tayotgan yil mamlakatimiz tarixida, ayniqsa sog‘liqni saqlash sohasida  yorqin iz qoldirgan yil bo‘ldi.

Kirib kelayotgan yangi yilda xalqimiz salomatligini yanada mustahkamlash  asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

Yana bir marta barchangizni Yangi yil bayrami bilan qutlar ekanman,  sharafli va mas’uliyatli kasb egalari bo‘lgan Siz azizlarga, muhtaram faxriylarimizga, yangi ufqlarni ko‘zlayotgan bilimdon yoshlarimizga  sihat-salomatlik, bax-saodat, omad  tilayman.

ILHOM NARZIYEV,

Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqamasi boshlig‘i.

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.