ONALAR VA BOLALAR MUHOFAZASI BO‘YICHA MYEMORANDUM

* Xalqaro hamkorlik

На изображении может находиться: 2 человека, люди сидят

Chexiya Respublikasining Onalar va bolalar parvarishi instituti (UPMD) bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasida “Hamkorlik to‘g‘risida asosiy shartlar” memorandumi imzolandi. Ushbu  shartnomada uchinchi taraf sifatida viloyat sog‘liqni  saqlash boshqarmasi ishtirok etmoqda.

Shartnomaning mazmuni quyidagicha:

  • Qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish;
  • Kurslar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa anjumanlar tashkil etish;
  • Akademik va ilmiy almashinuv;
  • Talabalar almashinuvi;
  • Nashrlar va boshqa qiziqarli bosma materiallar almashinuvi;
  • Qisqa muddatli xodimlar, o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi.

            Ushbu vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish uchun tomonlar o‘zlari tomonidan qanday imkoniyat va sharoitlar yaratilishi xususida o‘zaro kelishib oldilar. Bu memorandum orqali qilinadigan ishlar kelgusida viloyatimizda va umuman, mamlakatimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza etish bo‘yicha yangi qadamlar tashlanishiga ko‘mak beradi.

                                               Viloyat SSB Axborot xizmati.

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.