MUKOFOT MUBORAK, TIBBIYOT XODIMLARI!

На изображении может находиться: 3 человека, свадьба и в помещенииTibbiyot xodimlari kuni arafasida davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan viloyatimizda mehnat qilayotgan bir guruh tibbiyot xodimlari hukumatimizning orden va medallari bilan taqdirlanishgan edi. Ular orasida Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi travmatologiya bo‘limi mudiri Rahmatillo To‘rayev “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Askar Bahronov “Shuhrat” medali bilan, Peshko‘ tumanidagi “TJS – MED” xususiy klinikasi rahbari To‘raqul Saidov “Do‘stlik” ordeni bilan, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi pediatr vrachi Gulnora Safarova 2-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan edilar.На изображении может находиться: 4 человека, люди стоят, костюм, свадьба и в помещении

Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasida boshqarma boshlig‘i I.Narziyev mukofotlanganlarni tabrikladi va ularning bundan buyongi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Shu kuni sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Abdulxakov, Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Jamshid Tohirov hamda viloyat SSBning Litsenziyalash va nodavlat muassasalarda tibbiy yordam sifatini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Mavlonovlarga ham “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Viloyat SSB Axborot xizmati.

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.