Oʼzbekistonda xususiy tugʼruqxonalar tashkil etilishiga ruxsat berildi

“Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʼrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʼlamini yanada kengaytirish toʼgʼrisida” Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari uchun tugʼruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʼullanishga ruxsat berish toʼgʼrisidagi takliflari maʼqullandi.

Yaʼni, tugʼruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʼullanish faqat Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlay oladigan tugʼruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugʼilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya boʼlimlari, poliklinika, bakteriologik va klinik-biokimyo laboratoriyalari hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud boʼlgan, shuningdek, sogʼliqni saqlash va FHDYo organlari oʼrtasida tugʼilish va oʼlim toʼgʼrisida elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

Manba uza.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.