Buxoroda «Sut bezini tiklash» noyob operatsiyasi oʼtkazildi

Respublikada birinchi marta Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filialida sut bezini tiklash boʼyicha noyob operatsiya oʼtkazildi.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2017 yildagi 2866-sonli “2017 – 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida onkologik xizmatlarni yanada rivojlantirish va onkologik yordamni yaxshilash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga binoan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida Sechenov universitetining onkologiya, radiologiya va plastik xirurgiya klinikasi xodimlari: klinika direktori oʼrinbosari, plastik jarrohlik kafedrasi professori Startseva Olesya Igorevna, plastik jarrohlik kafedrasi dotsenti, t.f.n. Dmitriy Vladimirovich Melьnikov va klinika ilmiy tadqiqotchisi Ivanov Semyon Ilьichlar tomonidan 2019 yil 26, 27, 28 oktyabr kunlari «Koʼkrak bezi saratonining rekonstruktiv xirurgiyasi» mavzusida master-klass oʼtkazildi.
2019 yil 26 oktyabrda master-klass dasturida 20 dan ortiq bemorlarga maslahat berildi, ularga professional tavsiyalar berildi. 27 oktyabrda “Oʼng tomonlama Madden usuli boʼyicha radikal mastektomiya, bir vaqtning oʼzida sut bezini DIEP (qorin old devorining teri – teri yogʼ osti qatlam bilan) mikroxirurgik usul yordamida tiklash” jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi. 2019 yil 28 oktyabr kuni «Mammologiyada rekonstruktiv jarrohlik», «Sut bezlarini DIEP loskut bilan tiklash» mavzularida maʼruzalar oʼqildi. Mahorat darsi katta professional qiziqish bilan, ushbu sohadagi hamkasblar oʼrtasida koʼplab munozarali masalalar bilan oʼtkazildi.
DIEP loskuti yordamida koʼkrak sut bezini tiklash jarroxlik amaliyoti Buxoro viloyatida va Oʼzbekiston Respublikasida birinchi marta amalga oshirildi, bu markazning yuqori salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Boshqarmaning axborot xizmati

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.