Mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari roʻyxati haqida bilasizmi?

Mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari roʻyxati haqida bilasizmi?

Joriy yilning 10-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “2019-2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon imzolangan edi.

Ushbu farmon farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni hamda yetakchi xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratishni ragʻbatlantirish mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlari va eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida qabul qilingan edi.
Farmonda 2019-2021-yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari roʻyxati tasdiqlanishi koʻrsatib oʻtilgandi.
Shunga muvofiq 2019-2021-yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari eʼlon qilingan, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish Agentligi.
Quyida ular bilan tanishing:
photo5220005017522645894.jpg
Manba uza.uz
This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.